O'zbekistonda jamiyat iqtisodiy tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekistonda jamiyat iqtisodiy tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda jamiyat iqtisodiy tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda jamiyat iqtisodiy tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari Reja 1. Fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy asoslari 2. Konstitutsiya va jamiyatning iqtisodiy negizlari 3. Mulk shakllari, ularning obyektlari, subyektlari va muhofaza qilinishning konstitutsiyaviy asoslari 4. Konstitutsiya va mulkdor huquqlari 5. Davlat ekologik siyosatining konstitutsiyaviy asoslari 1. Fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida muazzam umuminsoniy qadriyatlar teran ifodasini topdi. Unda o'zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasiga tayanib, insonparvar, demokratik huquqiy davlatni shakllantirish bo'yicha muhim vazifa belgilandi. Bugun O'zbekiston xalqi ulug' ajdodlarining an'analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o'z qo'liga olib, qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik, barqarorlikni, millatlararo ahillikni va fuqarolarning totuvligini asrab-avaylab ya'ni tarixiy sharoitda o'z kelajagini qurmoqda, milliy davlatchiligini tiklamoqda. O'zbekiston Respublikasida insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish muhim maqsadli vazifalardan biri bo'lib, u xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalari asosida, taraqqiy topgan davlatlarning huquqiy davlat qurishdagi tajribalaridan yetarli me'yorda foydalanilib, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlangan holda amalga oshiriladi. Rivojlangan fuqarolik jamiyati bo'lmagan joyda davlat va shaxs ziddiyati o'zaro huquq va majburiyatlarni biroz tenglashtirish to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emas. Qolaversa, huquqiy davlatni ham rivojlangan fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki, pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Biz fuqarolik jamiyatini kengroq tasavvur etadigan bo'lsak, demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlari kabi tushunchalarni bu hodisaning belgilovchi kategoriyalari deyish mumkin. Islohotlarning amaliyotdagi tadbiqi ana shu tushunchalarning nazariy ishlanmalariga asoslanadi. Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning negizi, bosh zaminidir. Fuqarolik jamiyatining mohiyati jamiyat va davlat bajaradigan vazifalar tizimining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Faqat keng siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy huquqlarga ega bo'lgan shaxsgina fuqarolik jamiyatini rivojlantirishi, binobarin, uning rivojlanish omili bo'lishi mumkin. Zero, fuqarolik jamiyatining ayrim tamoyillari o'tmishda o'tgan Sharqning buyuk mutafakkirlarimizning siyosiy-huquqiy qarashlarida o'z ifodasini topgan. Ularning siyosiy-huquqiy konsepsiyasi huquqning siyosiy tartibotlardan ustunligi haqidagi g'oya bilan yo'g'rilgan. Bu borada IX-XI asrlarning Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari mutafakkirlari, faylasuflari, umuman, taraqqiyparvar allomalarining g'oyalari alohida qiziqish uyg'otadi. Ularning fikricha, bunday davlatning asosiy vazifasi o'z fuqarolarining moddiy ahvolini yaxshilash, tarbiyalash haqida g'amxo'r bo'lish, adolat o'rnatish, xalqni ma'rifatli qilish, ezgulik va yuksak ma'naviyatni tarqatish, o'z fuqarolarining hayoti, sog'ligi, sha'ni, qadr-qimmati, mol-mulkini muhofaza etish, fan rivoji uchun sharoit yaratish, tartibot va qonunchilikni ta'minlash, lavozimli shaxslar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish va hoka'zolardan iborat. Fuqarolik jamiyati - kishilar o'rtasidagi obyektiv, o'zaro zaruriy ta'sir doirasi bo'lib, unda huquq hamda qonun ustuvorligi asosida kishi bir vaqtning o'zida boshqa kishilarning maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilish barobarida, o'z manfaatlarini amalga oshiradi. Fuqarolik holatini birdamlikning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.04 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.04 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga