O'zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari RYeJA: O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari 1. O'zbekistonda mulk shakllari 2.O'zbekistonda moliya va pul kredit tizimi 3. O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy asoslari 4. Jamoat birlashmalari 5.O'zbekiston Respublikasida oilaning muhofaza qilinishi 1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53 - moddasida ko'rsatilishicha: Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma - xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab - baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Bu konstitutsiyaviy norma o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib, birinchidan davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab berish bilan birga, ikkinchidan, davlat tomonidan olib borilishi lozim bo'lgan iqtisodiy siyosatning mazmun - mohiyati, asosiy yo'nalishlarini Konstitutsiya darajasida etirof etadi, mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanganligini konstitutsiyaviy huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasi yangi jamiyat sari intilishida, avvalambor bu jamiyatning iqtisodiy negizini, huquqiy asoslarini yaratdi va aniq tamoyillarini belgilab berdi. Bu jarayonlarda davlat - Bosh islohotchi sifatida ishtirok etishi jamiyatimizni evolyutsion yo'l bilan yangi jamiyat sari intilishimizni ta'minladi. Qonun ustuvorligi tamoyili esa barcha harakatlar xalq irodasining ifoda etuvchi vakillar va hukumat ishlab chiqqan qoidalar asosida amalga oshishini ta'minladi. Bu to'g'risida yurtboshimiz I.A.Karimov shunday fikr bildiradilar: «Huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlanishidir». Jamiyatning iqtisodiy negizi undagi mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy manoga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga inom etilgan boyliklar har doim mulk bo'lib kelgan. Mulk egasi bo'lish yoki bo'lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog'i ijtimoiy - iqtisodiy maqomi belgilanadi. Mulkiy munosabatlarsiz iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayoni o'z mazmuniga ega bo'lmaydi. Mulk birinchidan, kishining ashyoga nisbatan egalik his tuyg'usi bilan bog'liq, ikkinchidan, ushbu ashyo xususida kishilar o'rtasida vujudga keladigan munosabatdir. Demak, bir so'z bilan aytganda, mulk ashyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog'liq munosabatdir. 2. O'zbekistonda mulk shakllari Yuqoridagi bandda qayd etib o'tganimizdek, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakllaridagi mulk tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti shakllanib borish jarayonida mulkchilikning turli shakllari yuzaga kelmoqda. Bu jarayon O'zbekistonda ham boshqa rivojlangan mamlakatlardagi kabi mulkdorlar sinfining vujudga kelishiga asos bo'layotir. Mustaqillikning dastlabki kunlarigacha Respublikamiz aholisining malum qatlami tasavvurida davlat tasarrufidan tashqari bo'lgan mulk shakli hisoblangan xususiy mulk ekspluatatsiya qiluvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.41 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.41 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga