O'zbekistonda jamiyat va shaxs

O'zbekistonda jamiyat va shaxs

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda jamiyat va shaxs - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy belgilari Reja: 1. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari. 2. О'zbekistonda moliya va pul- kredit tizimi. 3. О'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining Konstitutsiyaviy asoslari. 4. Oila va jamiyat. О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining iqtisodiy negizlari. Iqtisodiyot insonning hayoti uchun eng zaruriy narsalarni yaratuvchi hо'jalik yuritish tizimidir. Inson iqtisodiy munosabatlarining markazida turadi. Iqtisodiyotning sub'yekti sifatida amal qiluvchi inson, iqtisodiy faoliyat natijasida ma'lum bir narsalarni yaratadi, о'zi yaratgan narsalar uning hayotini u yoki bu darajada yahshilashga hizmat qiladi. Shu holatdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, aslida jamiyatni vujudga keltirgan asosiy narsa, odamlar о'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bо'ladi. Jamiyatning iqtisodiy negizlari asosida odamlarning iqtisodiy munosabatlari doirasida amal qiluvchi - mulkiy munosabatlar markaziy о'rinda turadi. Jamiyatdagi ijtimoiy - iqtisodiy islohotlarning zaruriyati rivojlanish tamoyillari va ularning huquqiy asoslarida kо'rinadi. Mamlakatimizda qurilayotgan demokratik huquqiy davlat va insonparvar fuqarolik jamiyati mulk shakllarining yangi tizimi, qudratli ishlab chiqarish kuchlari va vositalari, ilg'or fan va madaniyat barpo etish, xalq farovonligini oshirish, takomillashtirish, erkin shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qulay sharoitlar vujudga keltirayotgan jamiyatdir. Shuning uchun Mulkdorlar toifasiga keng yо'l ochish kerak, toki u jamiyatning yetakchi harakatlantiruvchi kuchiga, jamiyatning mas'ul shaxsiga aylansin. Bu masala oliy maqsad qilib belgilangan. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishi shaxs manfaatlarining boshqa barcha manfaatlardan ustuvor darajada rivojlanishi bilan bog'liq. Ya'ni bu shaxs-jamiyat-davlat degan Konstitutsiyaviy prinsipning amaliy ifodasidir. Bunday holat mazkur manfaatlarni qonunlar shaklida ifoda etadigan va himoya qiladigan huquqiy davlatsiz mavjud bо'la olmaydi. Har bir davlat о'zining mustaqil moliyasiga ega bо'lmog'i kerak. Hozirgi kunda О'zbekiston Respublikasi boshqa mustaqil davlatlar qatori faqat siyosiy mustaqillikka erishib qolmasdan, iqtisodiy mustaqillikka ham erishmoqda, ya'ni о'zining moliyasiga va о'zining milliy daromadiga egadir. О'zbekiston Respublikasining moliyasi mamlakatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas qismi, uning tarkibiy elementidir. Mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishi uning moliyasining yuksalish yо'nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta'sir kо'rsatadi. О'zbekistonda moliya va pul kredit tizimi. Iqtisodimizning taraqqiyotini yakunlovchi kо'rsatkichlardan biri milliy daromaddir. Milliy daromadning о'sishiga mamlakatimiz sanoati, qishloq hо'jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz taraqqiyoti sababchi bо'ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri, bu vazifani bajarmasdan turib, mamlakatimizni himoya qilish, hо'jalik va madaniy rivojlanishini ta'minlash va bozor iqtisodi sharoitiga yirik qadam qо'yish mumkin emas. Moliya - bu lotincha ibora bо'lib, pul tо'lovlari degan ma'noni bildiradi. Lekin moliyani pul tо'lovlari deb tushuntirish yetarli emas, balki bu ibora uning tashqi kо'rinishini ifoda qilib, ichki mazmunini ifoda qilmaydi. Ana shunday tо'lovlar bir tomondan byudjetga, sug'urta organlariga soliqlar, yig'imlar, tо'lovlar о'tkazish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti va fondlar hisobidan mablag'lar berish, bank orqali amalga oshiriladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.37 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.37 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga