O'zbekistonda jinoyatchilik tahlili Reja: O'zbekistonda 1980-yillarda jinoyatchilik darajasi Jinoyatchilik tuzilishini o'rganish uning mohiyatini, ichki qonuniyatlarini ochib berish Respublikada 1991-200-yillardagi jinoyatchilik tahlili. O'zbekistonda jinoyatchilik tahlili O'zbekistondagi jinoyatchilikka umumiy ta'rif berishda uni ikki davrga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir. O'zbekistonning sobiq davlat tarkibida bo'lgan oxirgi o'n yillikdagi jinoyatchilik va mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi jinoyatchilik. Bunday yondashish, tarixiylik prinsipiga muvofiq, har ikki davrda birbiri bilan uzviy bog'liq holda jinoyatchilikni keltirib chiqargan va chiqarayotgan turli ijtimoiy hodisalarning mohiyatini to'laroq tushuntirib berishga imkon beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy-huquqiy hodisa bo'lib, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham ijtimoiydir. Shu bilan birga, u axloqiy kategoriyadir. Shuning uchun ham jinoyatchilikning miqdor, ayniqsa, sifat ko'rsatkichlari, ya'ni holati, tuzilishi, darajasi, yo'nalishi har qanday jamiyatning ma'naviy qiyofasini ma'lum darajada aks ettiruvchi ko'zgu hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimovning «Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta'minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo'lishiga erishish - bizning bosh maqsadimizdir» nomli ma'ruzasida «o'tgan davrda bizning qanday og'ir qiyinchiliklar, muammo, tahdid va sinovlarni yengib o'tishimizga to'g'ri kelgani hammamizga yaxshi ma'lum» degan fikrlari jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, xususan fuqarolar osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ta'minlash sohasiga ham to'liq taalluqlidir. Yurtimizdagi bugungi tinchlik va osoyishtalikning bebaholigini to'liq anglab yetish, bizga mustaqillikkacha bo'lgan davrda O'zbekistondagi jinoyatchilik, shuningdek, bugungi kunda dunyoda, rivojlangan davlatlarda jinoyatchilik haqidagi ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilishni taqozo etadi. Sobiq Ittifoq davlatida 1991-yilga kelib jinoyatchilik 1980-yilga nisbatan 84,4 %ga o'sganini kuzatamiz. Bu davr ichida O'zbekistonda esa jinoyatchilik 127,6 %ga o'sgan. Sobiq Ittifoq davlati bo'yicha jinoyatchilikning o'rtacha yillik o'sishi 8,2 %ni tashkil qilgan bo'lsa, O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich 12,7 % bo'lib, 4,5 %ga yuqori bo'lgan. O'zbekiston sobiq ittifoqdosh Respublikalar ichida 1980-yildan 1991-yilgacha bo'lgan davrda jinoyatchilikning o'sish darajasi bo'yicha Moldovadan (164%) keyin ikkinchi o'rinda turgan. 1980-yilda jinoyatchilik koeffitsiyenti sobiq Ittifoq davlatida 749 ta jinoyatni (14 yoshdan yuqori bo'lgan 100 ming aholiga) tashkil qilgan bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 395 ga teng bo'lgan. 1990-yilga kelib sobiq Ittifoq davlati bo'yicha jinoyatchilik koeffitsiyenti 1980-yilga nisbatan 70,5% ga o'sib, 1277 taga yetgan bo'lsa, O'zbekistonda esa 79,7% ga o'sib, 710 tani tashkil qilgan. Shuni qayd qilib o'tish lozimki, 1980-yilda jinoyatchilik darajasining pastligi bo'yicha O'zbekiston sobiq davlatga kiruvchi Respublikalar o'rtasida Armaniston (343) va Ozarbayjon (364) Respublikalaridan keyin uchinchi o'rinda turgan bo'lsa, 1990-yilga kelib esa Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Tojikiston Respublikalaridan keyin beshinchi o'ringa tushdi. O'zbekistonda 1980-yillarda jinoyatchilik darajasi sobiq davlatdagi ayrim Respublikalardagi jinoyatchilik darajasiga nisbatan, masalan: Latviyaga nisbatan (1024) 2,5 baravar, Estoniyaga (946) 2,4 baravar, Rossiyaga (930) nisbatan 2,3 barobar pastligi shuncha qiyinchiliklar, markazdan o'tkazilgan tazyiqlarga qaramasdan O'zbekistonda yashovchi xalqlarni ma'naviy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.5 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.5 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc