O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimining shakllanishi

O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimining shakllanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'zbekistonda ko'p partiyaviylik tizimining shakllanishi Demokratiyani asosiy xususiyatlaridan biri ko'p partiyaviylikdir. Biroq davlat, jamiyatning rivojini mavjud partiyalarning soni bilan belgilash noto'g'ri. Ko'p partiyaviylik tizimini muvaffaqiyati siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda partiyalarning ishtiroki bilan belgilanadi. Prezidentimiz I.Karimov «partiyalar o'zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini aholi orasida qancha jonlantirib, kengaytirib borsa, xalqimiz va saylovchilarimizning siyosiy ongi va faolligi shuncha yuksalib, ularning islohot va o'zgarishlarga o'tkazadigan ta'siri tobora ortib boraveradi». Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin Kasaba, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bular orasidan eng ommaviysi kasaba uyushma tarkibida 7,5 mln. a'zosi bor. O'zbekiston hayotida yoshlarning roli beqiyosdir. 1991 yili O'zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar Farmoni bilan iqtidorli yoshlarni xorijdagi ilg'or oliygohlarda bilim olishlarini ta'minlash va tashqil etish uchun «Umid» jamg'armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashqilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Ma'lumki, o'sha paytda O'zbekistonimiz SSR deb atalgan dunyodagi eng qudratli imperiyaga qaram respublika edi. Uni na Birlashgan Millatlar Tashkiloti, na boshka xalqaro tashkilotlar, na jahon hamjamiyati tanir, tan olar edi. Ya'ni, mustakillik yo'lidagi xarakatlarimizda bizni ko'llab-kuvvatlaydigan, biz tayanadigan biron-bir tashki omil, najotkor kuch yo'q edi. Shunday bir sharoitda yuqorida tilga olingan adoqsiz muammolarni hal qilish uchun respublika rahbari kimga, nimaga ishonib harakat qildi, degan savol tug'ilishi tabiiy, albatta. Partiyaning O'ziga xos belgilari mavjud. Birinchi belgi - partiyaning tashkilot ekanligi, ya'ni yetarlicha uzoq vaqt mobaynida mavjud bo'ladigan insonlarning uyushmasi. Bu belgi partiyani tashkilotchilarining ketishi bilan yo'qolib ketadigan fraksiyadan farqlaydi. Ikkinchi belgi - milliy raxbariyat bilan muntazam aloqalarni ta'minlab turuvchi muayyan mahalliy tashkilotlarning mavjudligi. Uchinchi belgi - partiyaning hokimiyatni qo'lga kiritish va olib borishga intilishidir. Bu belgi partiyani boshka guruhlardan farqlaydi. Hokimiyatga qanday erishish yo'lini tanlashi partiyaning xatti-harakatlarini belgilab beradi. To'rtinchi belgi - xalq tomonidan qo'llab-quvvatlanishi (ovoz berishdan boshlab partiyada faol ishtirok etishgacha). Bu belgi asosida partiyalar saylovlar va parlament faoliyatida ishtirok etmayotgan siyosiy klublardan farqlanadi. Beshinchi belgi - ideologik mezon: har bir partiya ma'lum bir mafkura va g'oyani yurgizuvchi kuch bo'ladi. Partiyalar kelib chiqishiga ko'ra asosan ikkita turga bo'linadi: elektoral va parlamentar. Partiyalarni fransuz politologi M. Dyuverje uchta turga bo'ladi. Kadrli partiyalar saylov xuquqi hali cheklangan davrda vujudga kelishgan. Ular њsha davrdagi siyosiy makonda xukmdor guruhlarning manfaatlarini ifoda etishgan. Shuning uchun ham bu partiyalar a'zolar sonini oshirishga emas, balki saylovchilar fikrini O'zgartiruvchi siyosiy yetakchilar va siyosiy elitalarni birlashtirishga intilishgan. Kadrli partiyalarning asosiy elementlari. Komitet xududiy belgi asosida tashkil topadi va odatda kamsonli bo'ladi. Komitetlar faollarning muayyan tarkibiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 598.77 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 598.77 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga