O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja: 1. Korrupsiya keltirgan ziyonlar 2. Ombudsman kelib tushgan murojjatlar 3. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Ta'kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan. Murojaatnomasida ta'kidlaganidek, Jamiyatimizda korrupsiya illati o'zining turli ko'rinishlari bilan taraqqiyotimizga g'ov bo'lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog'i rivojlanmaydi Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o'z ifodasini topgan bo'lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi; 200 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 199 yil 27 yanvardagi YevropaKengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida gi Konvensiyasi; 199 yil 4 noyabrdagi Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to'g'risida gi Konvensiyalari va boshqalar. O'zbekiston yuqorida ta'kidlangan xalqaro normalardan 2008 yilda Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi. Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropava Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tarmog'ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta'minlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo'nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.99 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.99 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga