Mavzu: O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari.Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari Reja: 1. O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash 2. Terrorizm haqida 3. Terrorizmga qarshi kurash Terrorizm (lot. Terror - qo'rqinch, dahshat) - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo'qotish yoki qo'rqitish, aholi o'rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo'ravonlik harakatlari (ta'qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy to'dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo'linadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qo'llanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm o'rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin o'tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko'rinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o'ldirish yoki o'g'irlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida[1] vujudga kelgan va XX asr oxiri va XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan terrorizmning o'ziga xos shakli hisoblanadi. xalqaro terrorizmning asosiy maqsadlari - davlat boshqaruvini tartibsizlantirish, iqtisodiy va siyosiy zarar yetkazish, ijtimoiy tuzum asoslarini buzish hisoblanadi. Terrorizmning bu shakliga zamonaviy islom terrorizmini misol qilib keltirish mumkin. Ekstremizm (lotincha: - o'ta, keskin degan ma'nolarni anglatadi) - siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy ko'rinishlari yaqqol ajralib turadi.zo'rlik yoki zo'rlik ishlatishga davat qilih. Siyosiy E. Namoyandalari o'zlarining g'arazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yo'qotishga harakat qiladi. Bu yo'lda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar demokratiya niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qo'llabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar (qarang Terrorizm). Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Siyosiy E.ning millatchilik ko'rinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon bo'ladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bog'liq bo'lib, ko'p millatli davlatlarni yo'qotish, tub millat hukmronligini o'rnatishga qaratiladi. Bunday E. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar o'rtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz bo'ladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. E.ning turli ko'rinishlari so'nggi vaqtlarda dunyoning ko'p mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham o'zini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar (Hizbut-tahrir, Tavba) yangidan mustaqillikni qo'lga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni ro'kach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik g'oyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yo'ldan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
117.05 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
117.05 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: pptx