O'zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning subyektlari va huquqiy asoslari

O'zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning subyektlari va huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning subyektlari va huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda mehnat, mehnatiy munosabatlar, ularning subyektlari va huquqiy asoslari Aholi va uning eng faol qismi bo'lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo'lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy hodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun Respublika aholisining o'sish sur'atlarini tartibga solish lozim. Aholining o'sishi esa ish kuchining manbaidir. Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik konsepsiyasini bilish lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida talab va taklifning umumbashariy funksiyasidan boshlanadi. Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo'lishi yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng bo'lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo'lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo'lgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yo'l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi. Ma'lumki klassik iqtisodiy nazariyada ish bilan to'la bandlik, bozor iqtisodiyotining normasi eng yaxshi iqtisodiy siyosat deb esa davlatni iqtisodiyotga aralashmasligi tushuniladi. Keyns nazariyasiga ko'ra sof kapitalizm uchun ishsizlik xos bo'lib ishsizlikning mavjud bo'lishi tabiiy holdir. Resurslarni isrof bo'lmaslik uchun davlat iqtisodiyot bilan faol shug'ullanishi lozim. Bu g'oya ishchi kuchiga tegishlidir. Keyns nazariyasining eng qat'iy jihati shundaki u bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan to'la bandlikni ta'minlovchi xech qanday mexanizm yo'qligini aniqlab berdi. Makroko'lamda iqtisodiy muvozanatga erishish mumkin shunda ham ma'lum salmoqda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolinishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Makroiqtisodiyotni asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak darajada ish bilan bandligini ta'minlashdir. T. A. Samuelsonning ta'rificha, ish qidirmayotganlardan tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo'lganlar ishchi kuchini tashkil etadi. Aholining ish bilan bandligi degan tushuncha bor. Lekin bunday natijaga o'z-o'zidan erishib bo'lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo'lgan qismini ish bilan deyarli ta'minlab bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'lum miqdorda aholining ishsiz bo'lishi iqtisodiy jihatdan normal va asoslidir. Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud: Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta'minlanishini kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga