O'zbekistonda milliy tiklanishning g'oyaviy - mafkuraviy asoslari

O'zbekistonda milliy tiklanishning g'oyaviy - mafkuraviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda milliy tiklanishning g'oyaviy - mafkuraviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda milliy tiklanishning g'oyaviy-mafkuraviy asoslari Reja: Milliy tiklanishning g'oyaviy-mafkuraviy asoslari va omillari. Milliy tiklanish g'oyasining ustuvor yo'nalishlari, strategik va taktik vazifalari. Milliy tiklanishni g'oyaviy-mafkuraviy ta'minlash masalalari. I.Karimov asarlarining milliy g'oyani amalga oshirishdagi metodologik ahamiyati. Tayanch tushunchalar: milliy tiklanish, ma'naviy yuksalish, g'oyaviy bo'shliq, kommunizm g'oyasi, milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish, g'oyaviy-mafkuraviy masala, mafkuraviy siyosat, kommunistik mafkurani bartaraf etish, milliy tiklanishning g'oyaviy asoslari. O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat xususida, uning g'oyaviy-mafkuraviy asoslari to'g'risida fikrlashdan avval mustaqillikkacha bo'lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum haqida ayrim xulosalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Masalaga bunday yondashishning sababi shundaki, sovet mustabid tuzimi davrida O'zbekiston xalqaro hamjamiyatga qo'shilish, ijtimoiy taraqqiyotda umumjahon etirof etgan umumbashariy qadriyatlarga amal qilish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Sovet mustabid tuzumining o'ziga xos g'oyaviy-mafkuraviy asosi mavjud bo'lib, uning mazmun va mohiyatini kommunistik mafkura tashkil etardi. Bunday mafkura ham ijtimoiy-siyosiy, ham ma'naviy-mafkuraviy, ham iqtisodiy jihatdan jiddiy cheklangan edi. Unda demokratiya, inson manfaatlarini hurmat qilish, fuqaro huquqlarini himoya etish, hurfikrlikning rivojlanishi kabi umumbashariy qadriyatlarga asoslangan g'oyalar soxtalashtirilgan edi. Inson manfaatlariga mutlaqo zid bo'lgan bunday mafkura bir necha o'n yillar mobaynida dunyoning ko'plab mamlakatlarida noinsoniy tajribalar o'tkazdi. O'sha davrda «sovet madaniyatini yaratish», «shaqlan milliy, mazmunan sotsialistik, ruhan baynalminal madaniyat barpo etish», «kishilarning yangi tarixiy birligi - sovet kishisini tarbiyalash», «sotsializm rivojlanib borgani sari sinfiy kurashning kuchayib borishi» to'g'risidagi g'ayriilmiy xulosalar sovet turmush tarzining g'oyaviy- mafkuraviy asoslari edi. Jamiyatda sodir bo'layotgan har bir ijtimoiy hodisa, voqeaga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan munosabatda bo'lish tufayli sobiq SSRdagi barcha Respublikalar qatori O'zbekiston ham jahon hamjamiyatidan ajralib qoldi. Natijada mamlakatda kommunistik mafkuraning yakka hokimlik tizimi yuzaga keldi. Fikriy rivojlanishda g'oyaviy-mafkuraviy boqimandalik avj oldi, hurfikrlikka «siyosiy savodsizlik», «g'oyaviy kambag'allik», «millatchilik» singari yorliqlar bilan zarba berildi. Tabiiyki, 70 yildan ortiq davr mobaynida olib borilgan bunday ishlar o'zining natijasini ko'rsatmay qolmaydi. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik, loqaydlik yuzaga keldi. Odamlarda ertangi kunga ishonch yo'qoldi. Ayniqsa, o'tgan asrning 80-yillaridagi «qayta qurish» davridan boshlab har qanday «izm» larga kishilarda ishonch yo'qola bordi. G'oyaviy-mafkuraviy subitsizlik esa g'oyaviy-mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. «Sho'ro davrining mafkurasi, kommunistik dunyoqarash, - degan edi Islom Karimov, - agarki aslini surishtirsangiz, mohiyat etiboriga ko'ra, bizning turmush tarzimizga xalqimizning tabiatiga tamoman begona edi. Shunga qaramasdan, kishilarning ongiga majburiy singdirilgan bu soxta ta'limotning salbiy ta'siri hanuz sezilib turadi. Afsuski, biz bu sarqitlardan hali butkul halos bo'la olganimiz yo'q». O'zbekistonda yangi barpo etiladigan jamiyat oldida shu eskicha kayfiyat va dunyoqarashni bekor qilish vazifasi turar edi. Yangi jamiyat barpo etish, shak-shubhasiz, Islom Karimov nomi bilan bog'liqdir. Bunday jamiyat barpo etishning konsepsiyasi birdaniga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.45 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.45 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga