O'zbekistonda moliya va pul-kredit tizimining konstitutsiyaviy asoslari

O'zbekistonda moliya va pul-kredit tizimining konstitutsiyaviy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda moliya va pul-kredit tizimining konstitutsiyaviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda moliya va pul-kredit tizimining konstitutsiyaviy asoslari Reja: 1-. O'zbekiston Respublikasida moliya tizimining konstitutsiyaviy asoslari 2-. O'zbekiston Respublikasida pul tizimining konstitutsiyaviy asoslari 3-. O'zbekiston Respublikasida byudjet tizimining konstitutsiyaviy asoslari 4-. O'zbekiston Respublikasida bank tizimining konstitutsiyaviy asoslari 5-. O'zbekiston Respublikasining bank tizimi tushunchasi O'zbekiston Respublikasida moliya tiziminng konstitutsiyaviy asoslari Konstitutsiyaning 122-moddasida O'zbekiston Respublikasi o'z moliya va pul-kredit tizimiga ega deb belgilab qo'yilgan. Moliya tushunchasi juda keng tushuncha bo'lib, o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy kategoriyalardan biri bo'lib hisoblanadi. Moliya - lotincha ibora bo'lib, pul to'lovlari degan manoni bildiradi. Lekin moliyani pul to'lovlari deb tushuntirish etarli emas, balki bu ibora uning tashqi ko'rinishini ifoda qilib, ichki mazmunini ifoda qilmaydi. Ana shunday to'lovlar bir tomondan byudjetga, sug'o'rta organlariga, soliqlar, yig'imlar, to'lovlar o'tkazish, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti va fondlar hisobida mablag'lar berish, bank orqali amalga oshiriladigan pul to'lovlari holida pul harakatini ifoda qilar ekan, bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish pul mablag'larini talab qiladi. Moliya tizimi yordamida davlat o'ziga kerakli bo'lgan pul mablag'ini yig'ib oladi - pul fondini tashkil qiladi va bu to'plangan pul mablag'i fondini qayta taqsimlaydi. Har bir davlat o'zining mustaqil moliyasiga ega bulmog'i kerak. O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligiga erishdi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi boshqa mustaqil davlatlar qatori faqat siyosiy mustaqillikka erishib qolmasdan, iqtisodiy mustaqillikka ham erishmoqda, yani o'zining moliyasiga va o'zining milliy daromadiga egadir. O'zbekiston Respublikasining moliyasi mamlmkatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas qismi, uning tarkibiy elementidir. Mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishi, uning moliyasini yuksalish yo'nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodimizning taraqqiyotini yakunlovchi ko'rsatkichlardan biri milliy daromaddir. Milliy daromadning o'sishiga mamlakatimiz sanoati, qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz taraqqiyoti sababchi bo'ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri, bu vazifani bajarmasdan turib, mamlakatimizni himoya qilish, xo'jalik va madaniy rivojlanishini ta'minlash va bozor iqtisodi sharoitiga yirik qadam qo'yish mumkin emas. Pul resurslarini hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va jamlash yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi. Moliya pul munosabatlari bo'lsada, u ishlab chiqarishga bog'liq. Pul mablag'larini topish, ularning taqsimlanishi va qaysi maqsadlarda hamda qanday usullar bilan ishlatilishi moliya tizimini tashkil etadi. Agar moliyaning obyekti pul mablag'lari bo'lsa, uning subyektlari yani ishtirokchilari: firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim shaxslar bo'ladi. Ularning hammasi pul kirimi va chiqimiga ro'para bo'ladilar, shu bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Moliyaning mazmuni uni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi. Moliya quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) Taqsimlash vazifasi - har xil yaratiladigan milliy mahsulot va jamg'arilgan milliy boylik pul shaklida taqsimlanadi, turli moliya fondlariga aylantiriladi. 2) Rag'batlantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.33 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga