O'zbekistonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi

O'zbekistonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi Reja: 1. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining oila va nikoh to'g'risidagi qonunchiligi va ularning takomillashuvi. 2.Oila to'g'risidagi qonun hujjatlari, ularning vazifalari. 3.Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining oila va nikoh to'g'risidagi qonunchiligi va ularning takomillashuvi O'zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, uning hayotida muhim tarixiy voqealar, jamiyatning rivojlanishida va davlat qurilishida yangi bosqichga o'tishdan dalolat beruvchi ijtimoiy siyosiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. «O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida» qonunning qabul qilinishi, davlat Mustaqilligini elon qilish muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Davlat Mustaqilligining huquqiy asosi bo'lgan O'zbekiston konstitutsiyasining qabul qilinishi, konstitutsiyaning asosiy qonun sifatida ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi masalalarni hal qilib beruvchi boshqa barcha qonunlarning shu jumladan maxsus qonunlar tizimini tashkil etuvchi kodekslarning yuridik manbai, poydevori bo'lib xizmat kildi. Konstitutsiyaning IX bobi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Oilaning davlat muhofazasida bo'lishi haqidagi qoida «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» da davlatlar zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan iborat bo'lib, u juda keng manoga ega. Bunda oila jamiyatning tabiy va quyi zvenosi ekanligi, uning daxlsizligini ta'minlash, bolalarga ta'lim va tarbiya berish, onalar va ishga yaroqsiz oila a'zolari uchun zarur bo'lgan moddiy imtiyozlar berish, oilani mustahkamlash borasidagi muhim masalalar nazarda tutiladi. O'zbekistonda oilani mustahkamlash, yosh avlodni jismoniy va ruhiy sog'lom qilib tarbiyalashga g'oyat katta ahamiyat berilmokda. Sunngi yillarda qonun, farmon va qarorlar qabul qilish yo'li bilan amalga oshiriladigan tadbirlar oilalarga, ayollarga, ko'p bolali va yolgiz onalarga, maktab bolalari va studentlarga davlat tomonidan berilgan moddiy va ma'naviy yordamlar sog'lom avlodni tarbiyalash uchun zamin tayyorlamokda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12 sentyabrdagi «Respublika mahalla xayriya jamgarmasini tashkil etish to'g'risida» gi farmoni «Sog'lom avlod uchun» ordenini tasis etish to'g'risidagi 1993 yil 4 martdagi farmon, 1994 yil 16 iyundagi «Bolali onalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to'g'risida» farmoni, 1994 yil 22 avgustdagi «Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari to'g'risida» gi farmonlar oila, oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik me'yorlarining takomillashuviga olib keldi. Oilani jamiyatning ravnaq topishidagi tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoy , iqtisodiy, ma'naviy, axloqiy manfaatlarning va faravonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo'llab quvatlashni kuchaytirishi hamda izchil ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 9 dekabrdagi farmoyishi bilan 1998 yil «Oila» yili deb elon qilindi. Farmoyishga asosan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 yanvardagi qarori bilan oila manfaatlarini ta'minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar to'g'risida davlat dasturini tasdikladi. Bu tadbirlar quyidagi strategik yo'nalishlardan iborat: - oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarining huquqiy himoya qilishni ta'minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga