O'zbekistonda ommaviy huquq tizimi va uning sohalari

O'zbekistonda ommaviy huquq tizimi va uning sohalari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda ommaviy huquq tizimi va uning sohalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda ommaviy huquq tizimi va uning sohalari Reja: Konstitutsiyaviy huquqning shakllanish mohiyati. Ma'muriy huquqning shakllanish mohiyati. Moliya huquqning shakllanish mohiyati. Soliq huquqning shakllanish mohiyati. Jinoyat protsetsual huquqning shakllanish mohiyati. Jinoyat ijroya huquqning shakllanish mohiyati. Jinoyat ijroya huquqning shakllanish mohiyati xalqaro ommaviy huquqning shakllanish mohiyati. … Konstitutsiyaviy huquqning shakllanish mohiyati Konstitutsiyaviy (davlat) huquqi O'z'bekiston Respublikasining huquq tizimida eng muhim o'rin egallaydi. Konstitutsiyaviy huquning ahamiyati shundan iboratki, ushbu huquq sohasida boshqa huquq sohalari uchun asos hisoblanuvchi normalar va tamoyillar o'z aksini topadi. Konstitutsiyaviy huquq normalarida butun O'zbekiston xalqining erki bilan ifodalanadigan O'zbekistonning ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy tizimi asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari, erkinliklari, davlat organlari sistemasi hamda ularning tashkil qilinishi, vakolatlari, tamoyillari konstitutsiyaviy huqucj normalarida mustahkamlab beriladi. Konstitutsiya - davlatning Asosiy qonuni sifatida oliy yuridik kuchga ega. Shu bois hamma qonunlar va davlatning bogshqa qonun hujjatlari Konstitutsiyaga asosan va unga muvofiq ravishda chiqariladi. Konstitutsiyaga muvofiq kelmaydigan qonun hujjatlari va boshqa huquqiy aktlar haqiqiy sanalmaydi. Davlat huquqining predmeti Konstitutsiya va boshqa konstitutsiyaviy kuchga ega bo'lgan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan iborat. Ma'muriy huquqning shakllanish mohiyati Har qanday huquq sohasining predmeti - uning normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardan iborat. Huquq sohalari bir -biridan, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish metodi bilan farqlanadi. Metod deganda, munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning erkiga va ularning xatti - harakatlariga qanday ta'sir etishning usullari, mexanizmlari tushuniladi. Ma'muriy huquq umuman olganda, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalarning yig'indisidan tashkil topgan huquq sohalaridan iborat Bundav, ijtimoiy muriosabatlar davlat organlari tomonidan ijro etish va boshqarish faoliyatini arrialga oshirish jarayonida vujudga keladi. Ma'muriy huquq normalari, birinchi galda, davlat boshqaruvi tamoiyllarini mustahkamlaydi. Ular boshqaruv organlarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va bekor qilish, ularning turlarini qaysi maqsadda tashkil qilishligini, vazifalari doirasini, ularning huquqiy holati va maqomining boshqa jihatlarini, shuningdek, tuzilishi hamda ularning faoliyatini amalga oshirish tartib -qoidalarini belgilaydi. Ma'muriy huquq normalari ijtimoiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining huquqiy maqomini belgilashda ishtirok etadi. Ushbu soha huquqiy normalari bilan davlat idoralariga ishga kirish tartibi, xizmatchilarning shaxsiy huquq va burchlarini, vakolat doirasini davlat idoralari, boshqarmalari, mahkamalarida xizmatni bajarish tartibi va mazkur xizmatchilarning javobgarligi kabi qoidalar belgilanadi. Shuningdek, ma'muriy huquq normalari bilan boshqariladigan faoliyatlar ham tartibga solinadi. Masalan, yo'l harakati qoidalari, jamoat joylaridagi tartib, ov qilish, baliq ushlash, o'quv yurtlarida ta'lim berish, sanitariya qoidalari va h.k. Boshqaruv idoralari bu tartib - qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat olib boradilar, huquqlar buzilgan taqdirga shaxslarga nisbatan tegishli davlat majburlov choralarini qo'llaydi. Xullas, ma'muriy huquq normalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.68 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.68 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga