O'zbekistonda o'zini o'zi boshqarishning tarixiy nazariy asoslari

O'zbekistonda o'zini o'zi boshqarishning tarixiy nazariy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda o'zini o'zi boshqarishning tarixiy nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda o'zini o'zi boshqarishning tarixiy nazariy asoslari Reja: Mahallaning jamoaviy turmush tarzi sifatida shakllanishi Mahalla mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida Mahalla mustaqillik davrida O'zbekistonda o'zini o'zi boshqaruv taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari O'zbekistonda o'zini o'zi boshqarishning tarixiy nazariy asoslari Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishning noyob shakli, sharqona demokratik boshqaruv uslubi - mahalla azaldan mavjuddir va uzoq o'tmishga ega. U milliy qadriyatlarni, xalqning ommaviy yashash turmush tarzini o'zida to'la-to'kis mujassam etgan. «O'zbekistonda mahalla bo'lib, jamoa bo'lib yashashning ming yillik tarixi bor - deb yozadi I.Karimov. - Biz bu an'analarni yangi mazmun bilan boyitmoqdamiz. Bugungi davrda mahalla joylardagi o'zini o'zi boshqarish tizimining tayanchi sifatida faoliyat ko'rsata boshladi. Bu jamiyatimiz bugungi hayotining eng samarali, ayni paytda milliy va xalqchil ko'rinishidir». Manbalarni o'rganish, tahlil qilish jarayonida tug'ilgan mantiqiy xulosaga ko'ra, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining asosiy bo'g'ini bo'lmish mahalla institutining vujudga kelish tarixi va ularning shakllanish jarayoni uchta davriy bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqich - mahallaning milliy qadriyatlarimizni, ma'naviy muhitni mujassam etgan jamoaviy turmush tarzi sifatida mahallaning shakllanishi, yani o'zbek millati, o'zbek davlatchiligi shakllanishidan to Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylangungacha bo'lgan davr. Ikkinchi bosqich - Turkiston Rossiyaning mustamlakasiga aylangan davrdan to O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgungacha bo'lgan davr. Uchinchi davr - O'zbekistonning mustaqillik yillari davri. Mahallaning jamoaviy turmush tarzi sifatida shakllanishi Markaziy Osiyoda, xususan hozirgi O'zbekiston hududida jamoaviy turmush chuqur tarixiy ildizlarga ega. Bu tartibotning ibtidosi antik davrga borib taqaladi. yozma va arxeologik manbalarda mintaqaning qadimiy shaharlari orasida jamoalar faoliyat ko'rsatganligi, faqat turmushdagina emas, balki ishlab chiqarishda ham jamoa asoslari mavjudligi qayd etilgan. O'rta asrlarda faqat jamoaviy asoslardagina sug'orish tizimini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash, binobarin, dehqonchilik bilan shug'ullanish mumkin bo'lgan qishloq aholisi uchun ham, shuningdek, shahar aholisi uchun ham jamoa o'zining ilgarigi ahamiyatini saqlab qolgan edi. Abu Rayhon Beruniy va boshqa bir qator tarixchi olimlar O'rta Osiyo xalqlarining qadim zamonlarda jamoat bo'lib bir joyga to'planadigan, doimo olov yonib turuvchi muqaddas xonalari, yani jamoa yig'inlari o'tkaziladigan, diniy marosimlar chog'ida ko'pchilik kelib ovqatlanadigan olovxonalari bo'lganligini yozadilar. Ibodatxonalar huzurida bo'lgan bu olovxonalarda (bu hol mazkur olovxonalarning qadimiy diniy urf-odatlar bilan bog'liqligini ko'rsatadi) qishloq erkaklari dam olgan, jamoa yig'inlari o'tkazilgan, sayyohlar tunagan. Olovxonalar ona-urug'chilik (matriarxat) tuzumi qoidalari amal qilib kelatgan bir sharoitda erkaklarning jamiyatda hukmron mavqega ega bo'lish uchun kurash qurollaridan biri sifatida «erkak uylari», deb atalgan manzillarning qoldig'i tariqasida ibtidoiy jamoa muassasalaridan biriga borib taqaladi. Bunday holat hozirgi zamonda Sharq xalqlari orasida, xususan O'rta Osiyoda keng tarqalgan, erkaklarning jamoa-jamoa bo'lib to'planadigan, ko'ngilxushlik qiladigan, fikr almashadigan maskani - choyxonalar ana shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.36 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.36 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga