O'zbekistonda suv huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi

O'zbekistonda suv huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonda suv huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda suv huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi Suv boyliklari bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalasi mamlakatimiz hududida yashagan qadim ajdodlarimizning ham diqqat etiborida bo'lib kelgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda tabiat muhofazasiga alohida o'rin ajratilgan. Bu ta'limotga ko'ra qadimgi ajdodlarimiz ona-tabiatni nixoyatda ezozlaganlar, o'z hayotlarini tabiat bilan, yer, suv o'simlik va hayvonot dunyosi bilan chambarchas bog'liq holda tasavvur etganlar. Avesto ta'limoti suvni asrab-avaylab foydalanish lozimligiga davat etgan va odamlar shu ta'limotga asoslanib suv boyliklariga munosabatda bo'lganlar. Islom dini ta'limoti, uning asosi hisoblangan quroni karimda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga alohida etibor berilgan. Islom dini tabiatni, suvni Alloh yaratgan barcha mavjudotlar qatorida o'z himoyasiga oladi. quroni karimda belgilanishicha, tabiat obyektlari Allohning mulki hisoblangan. Suv boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda shariat qonunlarining sharhi hisoblangan «Al-Xidoya» muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Unda tabiat mahofazasi, inson-tabiat munosabatlari batafsil tartibga solingan. Shariatda har bir jonzotning suvga nisbatan huquqi, yani tabiiy huquqi borligi belgilangan. Chunonchi, Muxtasarda yozilishicha, shirb - suvdan tegadigan ulush, yani har bir jon egasining odam, hayvon, o'simlikning suvdan ichish uchun foydalaniladigan ulushdir. Odam va hayvonlarning idishga solib saqlab qo'yilmagan har qanday suvda hojatiga ko'ra istemol qilishga haqi bordir deb o'rnatilgan. Shariat qoidalarida suvni foydalanish uchun berish huquqi, suv yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish masalalsiga ham alohida etibor berilgan. Unda ko'rsatilishicha, yeri bo'lmasa ham suvda ulushi borligini davo qilish durust, yani sug'oriladigan yeri bo'lmasada, baribir suvdan boshqa maqsadlar uchun foydalanish huquqi mavjudligi belgilangan. Agar suvdagi ulush bo'yicha nizo kelib chiqsa, suvdagi ulush o'zlarining yerlari miqdoricha bo'linib berilur, yani suv yerni sug'orish talablaridan kelib chiqib, yer maydonining katta-kichikligiga qarab taqsimlanishi ko'rsatilgan. Shariatda suvdan foydalanish huquqini cheklash mumkin emasligiga bag'ishlangan muhim qoidalar o'rin olgan. Unda o'rnatilishicha, agar suvni bog'lab to'xtatmasa, yeri suv ichmaydigan bo'lsa ham - suvning yuqorisida turgan kishi uni bo'g'ib to'xtatishi man qilindi, illo sheriklarining roziligi bilan to'xtatsa durust bo'lur. Musulmon huquqi normalarida suv inshootlarini qurish, joylashtirish, o'zgartirish tartibi ham batafsil tartibga solingan. Ushbu munosabatlar shariatning bir qator moddalari bilan tartbiga solinadi. Chunonchi, ularda belgilanishicha, ariqdan birga foydalanuvchi sheriklarning bittasi boshqasini suvni olish uchun quriladigan chig'ir va boshqa uskunalarni qurishdan man qilish mumkin. Agar mana shu uskunalar uni quruvchiga qarashli yerda bo'lsa va boshqalarga zarar bermaydigan darajada bo'lsa man qila olmaslar. Va dag'i kimki ariqni avvalgi holatidan o'zgartirmoqchi bo'lsa, masalan, o'z haddini kengaytirsa yoki toraytirsa boshqasi uni toraytirishi mumkin. Demak, suv inshootlarini qurish yoki o'zgartirish uchun suvdan foydalanuvchilarning roziligi talab qilingan. Fuqaroning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga