O'zbekistonda yer huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi Reja: 1. O'zbekistonda yer huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi hamda musulmon huquqi bilan tartibga solinishi. 2. O'zbekistonda Yer huquqini 1917 yil Oktabr to'ntarishidan keyin rivojlanishi va huquqiy tartibga solinishi. 3. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida yer huquqining rivojlanishi. Mamlakatimiz hududida yer huquqining vujudga kelishi, rivojlanishi tarixi, yer qonunchiligi tarixini chuqur o'rganish bugungi kundagi yer munosabatlarini to'laroq tushunish, harakatdagi yer to'g'risidagi qonunlarni takomillashtirish, oqibatda yerdan foydalanish va ularni muhofaza etish bo'yicha munosabatlarni amaliyotda to'g'ri va keng joriy etish uchun muhim ahamiyatga ega. Yer huquqining vujudga kelishi kishilik jamiyati taraqqiyotining uzoq o'tmishiga borib taqaladi. Yerdan foydalanish bo'yicha munosabatlarning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy, shu bilan birga tarixiy, huquqiy hamda ijtimoiy-siyosiy jarayon bo'lib, uning elementlari o'z ifodasini musulmon huquqining qadimgi manbalarida ham topgan. Demak, bu munosabatlar mamlakatimiz hududida patriarxal-feodal munosabatlar qaror topayotgan bir davrda vujudga kelib, shariat va odat normalariga asosan tartibga solingan. Shunday qilib musulmon huquqi yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarni o'zida mujassam etgan. Bunga misol tariqasida musulmon huquqining asosiy manbasi hisoblangan Qur'onni aytish mumkin. Unda yerdan foydalanish, uni muhofaza qilishga oid bir qator qoidalarni ko'rish mumkin. Musulmon huquqi qoidalariga ko'ra, yer uchastkalari oldi-sotdi munosabatlarining obyekti sifatida qaralib, u sotilishi, garovga qo'yilishi, hadya etilishi, sovg'a qilinishi, ijaraga berilishi mumkin bo'lgan, ya'ni u fuqarolik ayirboshlash obyekti hisoblangan. Turkistonda 1917 yil Oktabr to'ntarilishigacha bo'lgan yer munosabatlarini tahlil qilgan bir guruh olimlar feodalizm davridagi ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy vaziyatni har tomonlama o'rganib, asosli amaliyot materiallariga tayanib, chuqur ilmiy xulosalar asosida yerga nisbatan xususiy mulk huquqi bo'lgan, degan haqqoniy g'oyani ilgari suradilar. Chunonchi, I.J.Jalilov to'g'ri ta'kidlaganidek, shariat umuman xususiy mulk huquqini va yerga nisbatan xususiy mulk huquqi institutini bilgan, xususan, yerga nisbatan mulk huquqi egasi o'zining tasarruf etish huquqi tufayli yer uchastkasini sotish, vaqtinchalik foydalanish uchun berish, ya'ni ijaraga topshirish, sovg'a qilish, shuningdek ma'lum muddatga o'z zimmasidagi majburiyatlarni ta'minlash uchun garovga bergan1. Xuddi shunday fikrni A.YE.Yerenov ham bildirgan. Uning yozishicha, ko'chmanchi qozoqlarning yerdan foydalanishi asosan ikki shaklda: xususiy (shaxsiy) va jamoa shakllarida bo'lgan. I.J.Jalilov va A.YE.Yerenovlarning fikrlariga to'la qo'shilgan holda, hamda amaliyot materiallariga asoslanib, shuni ta'kidlash o'rinliki, 1917 yil Oktabr to'ntarishigacha bo'lgan Markaziy Osiyoda yerga nisbatan feodal davlat mulkchiligi shakli hukmron hisoblangan. Ammo yerga nisbatan feodal davlat mulkchiligining hukmron bo'lishi unga nisbatan xususiy mulkchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun qarshilik ko'rsatmagan. Yoki boshqacha aytganda, davlat mulki bilan bir qatorda yerga nisbatan xususiy mulkchilik shakli ham bo'lgan. Umuman olganda, tarixiy, ilmiy-nazariy va amaliyot materiallarini o'rganish Markaziy Osiyoda feodalizm davrida yerga nisbatan turli ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.42 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.42 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc