O'zbekistonning 1920-1980 yillardagi davlati va huquqi Reja: 1. 1920 yillarda O'zbekiston davlati va huquqi. 2. O'zSSRning 1937 yil Konstitutsiyasi bo'yicha davlat tuzulishi va huquqi. 3. O'zSSRning 1978 yildagi Konstitutsiyasi bo'yicha davlat tuzilishi va huquqi. 1920 yillarga kelib, O'zbekiston davlati va huquqi tarixi ulkan o'zgarishlarga boy bo'ldi. Bu tarixiy o'zgarishlar bevosita O'zbekiston hududida tashkil topgan davlatlar va ularning huquqiy tizimlari bilan bog'liq. Xivada 1920 yil 1 fevralda Xon hukumati ag'darilib, xalq inqilobi tufayli hokimiyat besh kishidan iborat Vaqtli hukumat qo'liga o'tdi. Vaqtli hukumat manifest e'lon qilib, Xiva inqilob-chilari mamlakatni Xon va uning hukumati tomonidan boshqari-lishiga barham beradi va uning xonadoniga, ministrlariga tegishli mulk va mablag'lar musodora qiladi deyilgan. Muvaqqat hukumat 1920 yilning 26 aprelida xalq vakillarining Butun Xorazm I-qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini va 30 aprelda Respublika Konstitutsiyasi qabul qilinganligini e'lon qildi. XXSR bilan RSFSR o'rtasida iqtisodiy shartnoma tuzildi. Konstitutsiyada davlat hokimiyatining Oliy organi Butun-xorazm Sovetlarining qurultoyi ekanligi ko'rsatilgan. 1921 yilning mayida bo'lib o'tgan XXSR Sovetlarining II-qurultoyida Konstitutsiyaga kiritilgan qo'shimchaga binoan, Sovetlar qurultoylari davrda Sovetlarning qurultoyida saylanadigan Markaziy Ijroiya qo'mita Oliy qonun chiqaruvchi, ijroiya va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi idora etib belgilangan. Konstitutsiyaga binoan Oliy ijroiya-farmoyish beruvchi idora qilib XXSR Xalq Nozirlar Kengashi belgilangan. Konstitutsiya VI bo'lim, XV bob va 87-moddadan iborat edi. Birinchi bo'lim kirish qismi va II bobdan iborat edi. Ikkinchi bo'lim XXSR Konstitutsiyasining Umumiy qoidalari deb atalib, Respublikaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi fuqarolarning huquq va burchlariga bag'ishlangan edi. Uchinchi qism davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy va markaziy organlari, to'rtinchi qism saylov huquqi, beshinchi byudjet huquqi, oltinchi gerb va bayroq haqidagi qoidalardan iborat bo'lgan. Konstitutsiya - RSFSRning 1918 yilgi Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan. Respublikada xususiy mulk, soxibkorlik va savdo oboroti bilan shug'ullanishning to'la ozodligi saqlab qolinishi e'lon qilindi. Shaxslarga erkin holda kommertsiya ishlari bilan shug'ullanish huquqi berildi, kommertsiya va savdo kompaniyalarini tashkil qilishga qarshilik qilinmadi (Konstitutsiyaning 16-moddasi). Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik saqlab qolindi. Xon va uning avlodlariga, amaldorlariga tegishli yerlar musodora etilib, yersiz dehqonlarga bo'lib berildi. Vaqf yerlari saqlab qolindi. XXSR iqtisodi davlat sektori, kooperativ sektor, yakka xo'jalikchi dehqon va hunarmandlar sektori, feodal kapitalistik (xususiy) sektorlar iborat edi. Oliy qonunchilik va hokimiyat organi - xalq vakllari Umum Xorazm qurultoyi hamda Umum Xorazm Markaziy Ijroiya qo'mitasi va uning Prezidentidan iborat bo'lib, 4 ming aholidan 1 ta deputat, 100 askarlardan bir vakil tartibida tashkil topdi. Davlat boshqaruvining oliy organi Xalq Nozirlar Soveti edi. Dastlab yetti nozirlik - harbiy, moliya, davlat nazorati, iqtisodiy, tashqi ishlar, madaniyat va maorif, yustitsiya nozirliklaridan iborat edi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.37 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.37 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc