O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan hamkorligi Reja BMT tarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati haqida umumiy tushuncha. (Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Ta'lim, Fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilot, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik, xalqaro dengiz tashkiloti, xalqaro sayyoxlik tashkiloti.) BMT dasturlarining tashkil topishi va ularning faoliyati to'g'risida umumiy ma'lumot. ( jahon oziq-ovqat dasturi, Atrof muhitni muhofaza etish dasturi, Bolalar jamgarmasi(YUNISEF), Taraqqiyot dasturi(UNDP), BMTning Universiteti.) O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan hamkorligi. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Ta'lim, Fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilot, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik, xalqaro dengiz tashkiloti, xalqaro sayyoxlik tashkiloti. Jahon oziq-ovqat dasturi, atrof muhitni muhofaza etish dasturi, Bolalar jamg'armasi(YUNISEF), Taraqqiyot dasturi(UNDP), BMTning Universiteti. BMTtarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati haqida umumiy tushuncha Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik. Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik Birlashgan Millatlar tashkiloti xomiyligida muxtor muassasa sifatida 1957 yilda tashkil topgan. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo'yicha ilmiy va texnik hamkorlik borasida hukumatlararo jahon markaziy forumi sifatida xizmat qiladi. Agentlik o'zining 127 ta a'zo davlatlariga atom energiyasi sohasida o'zlarining mustaqil ilmiy dasturlarini ishlab chiqishlarida texnik yordam ko'rsatadi. Agentlik faoliyatining qariyib yarmi oziq- ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, sanoat va gidrologiya, shuningdek, atrof muhit ifloslanishi va ayniqsa dengiz suvi bo'yicha dasturlarda mujassamlashgan. Agentlik yadro materiallarini harbiy maqsadlarga qaratmaslik kafolatini nazarda tutgan xalqaro shartnomalarga amal qilinishini nazorat etishda davlatlarga yordam beradi. Butun dune bo'yicha 200 inspektor, 900 dan ortiq qurilma va boshqa obyektlarni Agentlikning kafolat dasturi doirasida nazorat qilib boradi. Yadroviy dasturlar sonini o'sishi va jamoatchilik diqqat- e'tiborini xavfsizlik jabhasiga qaratish bilan Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikning yadro xavfsizligi bo'yicha asosiy standartlarini belgilaydi, shuningdek, aniq operasiyalarning bajariligi bo'yicha, shu jumladan, reaktiv moddalar tashilishining xavfsizligi bo'yicha qoida va qo'llanmalarni joriy qiladi. Agentlik radiasiyadan talofat ko'rilgan xollarda a'zo davlatlarga shoshilinch yordam ko'rsatadi. Agentlikning rahbar organlari har yili chaqiriladigan barcha a'zo davlatlar vakillaridan iborat Bosh Konferensiya va 35 a'zodan iborat boshqaruvchilar kengashidir. 13 a'zo Kengash tomonidan tayinlanadi. 22 a'zo esa Konferensiya tomonidan saylanadi. Agentlik dasturlariga 1998 yilda doimiy byudjetdan 221 million dollar ajratildi va Yana 71 dollar byudjetdan tashqari mablag'lardan tushdi. Bosh direktorii : Janob Muhammad Elbaradey ( Misr) Bosh qarorgoh : Vena ( Avstriya). Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti bir mamlakatdan ikkinchisiga uchishlarni osonlashtiradi hamda uchish xavfsizligini ta'minlaydi. 1944 yilda tashkil etilgan. Ushbu tashkilot havo transportiishining muntazzamligi, samarali va ishonchliligi uchun zarur bo'ladigan xalqaro qoida va standartlarnibelgilaydi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:10:34
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.52 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:10 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.52 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc