O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari va tashqi siyosatining asosiy demokratik tamoyillari

O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari va tashqi siyosatining asosiy demokratik tamoyillari

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari va tashqi siyosatining asosiy demokratik tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari va tashqi siyosatining asosiy demokratik tamoyillari Reja: 1. O'zbekiston va jahon hamjamiyati. O'zbekiston - BMT a'zosi. 2. O'zbekiston tashqi siyosatining demokratik tamoyillari va mudofaa doktrinasi. Globallashuv sharoitida O'zbekistonning demokratik dunyoga integrallashuvi muammolari. O'zbekiston va jahon hamjamiyati. O'zbekiston - BMT a'zosi. O'zbekistonning mustaqillikkachiqishi, uning jahon hamjamiyatiga qo'shilishiga imkon yaratdi. SSR parchalanib, dunyodagi kuchlar nisbati o'zgardi. Ikki qutblilik barham topdi. Dunyoda ko'pqutblilik paydo bo'ldi. Mamlakatimiz hayotida tub burilish yasalib, mustaqilikka erishdi, istiqlol o'z nurafshon iliqliklari bilan mamlakatimiz aholisi qalblarini yayratdi. O'z taqdirini o'zi hal qiladigan xalqaro hamdo'stlikning tang huq qiy a'zosi - mustaqil O'zbekiston davlati paydo bo'ldi. Ammo hali dunyoda yechimini kutayotgan muammolar serob. Mustaqil mamlakatlarning oldida juda ko'p iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari Prezident Islom Karimovning O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida qayd qilinganidek: Mamlakatlar, xalqlar o'rtasida, bir mamlakat ichida esa ayrim ijtimoiy guruhlar o'rtasida iqtisodiy va ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganligi, bularning barchasi dunyo hali ham avvalgidek mo'rt bo'lib turganligi va avaylab munosabatda bo'lishni talab qilayotganligini81 alohida qayd etdilar. Demak, mustaqil davlatlarni, shu jumladan, O'zbekistonning xavfsizligini ta'minlash uchun yuqoridagi holatlarni hisobga olish davr talabidir. Prezident kitobida bu holatlar quyidagicha qo'yilgan: 1. Xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozim? 2. Barqarorlikni qanday ta'minlash darkor? 3. Taraqqiyot yo'lidan sobitqadam rivojlanishiga nimalar hisobiga erishish mumkin? Prezident Islom Karimov kitobning muqaddimasida Bu yorug' olamda biz kimmiz va na bir sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketayapmiz? Insoniyat yangi -XXI asrga qadam qo'yganida bizning o'rnimiz qaerda va qanday bo'ladi? degan savolni qo'yadi. Mazkur savollarga Prezidentimiz Islom Karimov javob berib dunyoda yangi mustaqil davlatlar paydo bo'lib, ularning oldidagi murakkab va qiyin vazifalarni qayd etadi. Bu davlatlar, - deb yozgan Islom Karimov, - mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo'liga qadam qo'ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o'z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo'lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyotsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqitsodiyotiga ega bo'lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta'minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etish zarur. O'zbekiston ham ana shunday davlatlar jumlasiga kiradi.82 Bunday xulosa juda to'g'ri bo'lib, unda adolat nafasi ufurib turibdi, haqiqiy insonparvarlik shu. Bu joyda har qanaqa zo'ravonlik ketmaydi, o'zaro tenglik palak yozadi. Adolatli xulosadan bag'ring to'ladi. Ayniqsa Prezident Islom Karimovning Tenglar orasidagi tenglik jumlalarining qimmati beqiyosdir. Bunda nafaqat O'zbekistonning yo'li aniq ko'rsatib berilgan, balki mintaqadagi davlatlarning har birining orzu-umidlari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga