O'zbekistonning jahon xamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi

O'zbekistonning jahon xamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonning jahon xamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi Reja: 1. O'zbekistonning jahon hamjamiyatining to'laqonli subyektiga aylanishi. 2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o'zgarishlar. 3.O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi erishgan yutuqlari. 1.O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so'ng o'z tashqi siyosatimizni xalqaro hamjamiyatning to'laqonli subyekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo'ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko'rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G'arb mamlakatlarini bir-biriga bog'lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo'lning markazida joylashgan O'zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo'lib kelmoqda. Ayniqsa Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o'z aloqalarini o'rnatganlar. Amir Temurning Fransiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o'nlab qo'shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o'sha davrdagi jo'shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi. Chor Rossiyasi bosqinidan so'ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo'ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruhsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o'lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo'yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo'lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo'q edi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og'ishmay amalga oshirila boshlandi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - mafkuraviy qarashlardan qatiy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; - davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; - nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; - kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; - inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; - ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umumetirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; - tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; - davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik ustunligi; - tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar. Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma'ruzasida boshqa sohalar qatori tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko'rsatib o'tildi. Jahondagi barcha mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga quyish, yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bundan keyin ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.13 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.13 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga