O'zbekistonning ma'muriy - hududiy tuzilishi

O'zbekistonning ma'muriy - hududiy tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonning ma'muriy - hududiy tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi Reja: 1. ma'muriy-hududiy tuzilish tushunchasi 2. O'zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi 3. Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati ma'muriy hududiy tuzilish tushunchasi Davlat tuzilishi deganda davlatning siyosiy va ma'muriy hududiy tuzilishi, uning bo'laklari, uning markaziy organlari, bu organlarning joylardagi mahalliy organlari, bu organlar bilan o'zaro aloqalari xususiyati tushuniladi. Milliy davlat tuzilishi deganda, davlatning tuzilishi, uning ma'muriy-hududiy bo'linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlarining o'zaro munosabatlari, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlari tushuniladi. Davlat tuzilishiga va uning shakliga uch narsa ta'sir etadi: Muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iqtisodiy vazifalar va siyosiy maqsadlar; Davlatdagi millatlarning soni va o'zaro munosabatlari; Davlat hududining katta yoki kichikligi. Milliy davlat tuzilishi malum prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Ular: Millatlarning suverenligi va teng huquqliligi; Millat va elatlarning ozod rivojlanishi; Baynalminallik, millatlarning hamkorligi va do'stligini ta'minlash. O'zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi. O'zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasidan iborat. O'zbekiston Respublikasining davlat tuzilish jamiyatimizning siyosiy tashkillashtirilishida muhim o'rin tutadi va mustaqillikning real ifodasi hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan belgilangan hududiy tashkillashtirishdir. Ushbu masala davlatning tarkibiy qismlarga bo'linishini, bir butun davlat bilan uning tarkibiy qismlari o'rtasidagi munosabatini bu qismlarning har birini huquqiy holatini qamrab oladi. ma'muriy-huquqiy bo'linma - bu ma'muriy-huquqiy tuzilish tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo'lib, bunda davlatning vazifalari va asosiy funksiyalariga muvofiq tarzda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi va faoliyati amalga oshiriladi. ma'muriy huquqiy bo'linmalar deganda, har bir davlatning joylardagi huquqiy bo'laklari tushuniladi. ma'muriy hududiy bo'linish ikki xilda namoyon bo'ladi: siyosiy-hududiy bo'linish; ma'muriy-hududiy bo'linish. Malum davlat hududida siyosiy jihatdan alohida davlat mavjud bo'lsa, bunday davlatning hududiy bo'linishi murakkab hisoblanib, u siyosiy-hududiy bo'linishga ega bo'lgan davlat deyiladi. Agar davlat faqat ma'muriy-hududiy bo'laklardan iborat bo'lsa, bunday davlat ma'muriy-hududiy bo'linishga ega davlat deyiladi. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilish jarayoni dastlab ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi bu - O'rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi bo'lib u davlat tarixiga ma'muriy-hududiy rivojlantiruv degan nom bilan kirib keldi (1924-1925 yillar). Ikkinchi bosqich - oblast, uezd, volst, qishloq soveti shakllaridagi to'rt bo'g'inli ma'muriy bo'linishdan - okrug, rayon, qishloq soveti shakllariga o'tish orqali amalga oshirildi. 1930 yildan boshlab okrug ma'muriy birligi oblast ma'muriy birligi bilan almashtirildi. O'zbekiston davlati o'z mustaqilligiga konstitutsiyaviy, tinch yo'l bilan erishdi. Uning ma'muriy-hududiy tuzilishi ham barcha davlat organlari institutlari singari o'zining konstitutsiyaviy kafolatlariga egadir. Bu to'g'risida Respublikamiz Konstitutsiyasining yuqorida ko'rsatilgan 16 bobi 68-moddada tasdiqlangan. Qoraqolpog'iston Respublikasining huquqiy holati Qoraqalpogiston Respublikasi suveren bo'lib, O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi o'z Konstitutsiyasini o'zi tasdiqlaydi. O'zining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini o'zi mustaqil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga