O'zbekistonning MDH tashkilotidagi ishtiroki va hamkorligi Reja: 1. O'zbekiston Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi doirasidagi mamlakatlar Bilan o'zaro teng manfaatli aloqalari. 2. O'zbekiston MDH tashkilotidagi ishtiroki. 3. O'zbekistonning SSR ni qayta tiklash masalasiga bo'lgan munosabati. 1. O'zbekiston Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi doirasidagi mamlakatlar Bilan o'zaro teng manfaatli aloqalari. O'zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasidagi mamlakatlar bilan O'zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo'ldi. Chunki sho'ro tuzumi sharoitida xukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog'lab quygan ediki, natijada ular o'zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir yo'li bir ёqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtai nazardan ham O'zbekiston Mustaqil davlatlar Hamdustligi g'oyasini qo'llab-quvvatladi. 1991 yil 21 dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib Mustaqil davlatlar Hamdustligiga asos soldilar. Shu tarika XX asrning muhim voqealaridan biri sodir bo'ldi - MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig'ilishlari o'tkazildi, ko'p hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq yillar bir davlat bo'lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi sharoitlarda - mustaqil davlatlararo munosabatlar tarzida davlat ettirishga qaratilgan. . O'zbekiston MDH tashkilotidagi ishtiroki. Mustaqil Davlatlar hamdo'stligiga a'zo bo'lib kirgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarni rivojlantirish O'zbekiston tashqi siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada 1992 yil 30 mayda Rossiya Prezidenti B.N.Yelsin taklifiga binoan O'zbekiston rasmiy delegasiyasining Moskvaga kilgan tashrifi, Rossiya poytaxtidagi tantanali qabul marosimi, muzokalar, uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar - o'zaro xurmat va bir-birini qo'llab-quvvatlash siyosatining timsoli bo'ldi. Bu kechagina mustamlaka, tayyor va beminnat hom-ashyo bazasi bo'lgan mamlakat bilan bugungi munosabatning naqadar o'zgachaligi, jiddiy siyosiy xodisa ekanligini ko'rsatadi. Shu kuni Prezidentlar B.Yelsin va I.Karimovlar ikki mamlakat o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. Ushbu uchrashuv yakuni haqida mulohaza yuritar ekan, Islom Karimov eng quvonchli jihati shuki, bu muxim voqeani ham rus, ham o'zbek xalqi katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib oldi. O'zbekiston - Rossiya o'rtasidagi teng huquqli hamkorlik, o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar istiqlolning keyingi yillarida ham davom etadi, - dedi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
698.14 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
698.14 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: pptx