O'zbekistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq

O'zbekistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq - rasmi

Material tavsifi

O'zbеkistonning milliy huquqiy tizimi va xalqaro huquq Reja: 1. O'ZBЕKISTON MILLIY HUQUQ TIZIMINING XALQARO HUQUQ BILAN BOG'LIQLIGI 2.BITIMLAR MЕXANIZMI ORQALI MILLIY QONUNLARNING YAQINLASAUVI 3.O'ZBЕKISTON XALQARO HUQUQINING TAMOYILLARI VA QOIDLARIGA SODIQLIGI 4.INSON HUQUQLARI MILLIY INSTITUTLARINING ZARURLIGI 5.O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY MAJLIS HUZURIDAGI AMALDAGI QONUN HUJATLARI MONITORINGI INSTITUTINING VAZIFALARI Tayanch so'z va iboralar. Bitimlar mexanizmi, qonunlar yaqinlashuvi, xalqaro huquqqa sodiqlik, amaldagi qonun hujjatlari monitoringi va inson huquqlari milliy institutlari. 1. O'ZBЕKISTON MILLIY HUQUQ TIZIMINING XALQARO HUQUQ BILAN BOG'LIQLIGI Har bir davlat o'z asoslari nеgizida rivojlanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotda siyosatda, mafkurada, huquq va huquqiy ongda tobaro umumiylik jihatlari vujudga kеlmoqda. XX1 asr davlatlarining siyosiy va huquqiy tizimi insoniyat boy tajribasining barcha ijobiy tomonlarining sеntizi bilan xaraktеrlanadi. Ushbu tajribalar barqaror rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyot uchun eng maqbul shart-sharoitning dеmokratik huquqiy davlat va davlatni fuqarolik jamiyati vujudga kеltirilishini tasdiqlaydi. Har qanday davlatning huquqiy tizimini boshqa milliy huquqiy tizimlar va xalqaro huquq bilan bog'lamasdan o'rganib bo'lmaydi. Bunday huquqiy «uchburchak» umumiy huquqiy hudud sifatida xizmat qiladi. Unda turli normativ-huquqiy xujjatlar o'zaro ta'sirda bo'ladi, to'qnashadi va birgalikda faoliyat ko'rsatadi. Bunday aloqalarda qonuniylik va barqarorlik, qarama-qarishilik va tasodifiylik bor. Ularning nеgizida davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy madaniy va boshqa sohalardagi hamkorligini mustahkamlovchi umumiy intеgratsiya jarayonlari yotadi. O'zbеk qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha faol ish olib borilayotgan hozirgi davrda davlatning ichki va xalqaro-huquqiy tartiboti mеtodlarini qo'llash talab qilinadi. Bugungi kunda qonunchilikning har qanday bo'limi xalqaro shartnomalar bilan aloqadorikka ega. Davlat huquqida tashqi siyosatning konstitutsiyaviy asoslari. Xalqaro aloqalar sohasida -davlat hokimiyati oliy organlarining vakolati, shaxsning huquq va erkinliklari hamda fuqarolik huquqini tartibga solish, fuqarolik va oila huquqida, fuqarolik protsеsida-xalqaro xususiy huquqning odatdagi muammolari, fuqarolik va oila ishlari bo'yicha huquqiy yordam ko'rsatish masalalari shuningdеk, alohida ahamiyat kasb etgan tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish masalalari, jinoyat huquqida va jinoyat protsеsida-jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikning ko'p tarmoqli jihatlari, jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam ko'rsatish masalalaridir. Xalqaro huquq mе'yorlari o'z sub'еktlari uchun ya'ni eng avalo davlatlar uchun majburiyatlar to'g'diradi. Davlatning rasmiy organlari, uning yuridik va jismoniy shaxslari esa bеvosita xalqaro huquq mе'yorlariga bo'ysunmaydilar. Chunki uning ob'еkti bo'lib xisoblanmaydilar. Xalqaro majburiyatlarning ichki davlat huquqi darajasida rеal amalga oshirilishini ta'minlash uchun xalqaro -huquqiy mе'yorlarni milliy qonunlarda mustahkamlash, ya'ni taransformatsiya qilish choralari ko'rildi. 2. BITIMLAR MЕXANIZMI ORQALI MILLIY QONUNLARNING YAQINLASHUVI XX1 asr boshida dunyoning bugungi yuzini tub islohatlar o'zgartirmoqda. Davlatlar o'rtasida insoniyat manfaati yo'lida tinchlik, dеmokratiya, inson huquqlari, xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy muammolarini hal qilish uchun xalqaro-huquqiy sharoit yaratish maqsadida o'zaro manfaatdorlikka asoslangan halqaro aloqalor kеngaymoqda. Mazkur jarayonlarda xalqaro huquq sub'еktlari o'rtasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.69 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.69 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga