O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyingi davlati va huquqi

O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyingi davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyingi davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyingi davlati va huquqi Reja: Mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi va davlat mustaqilligining elon qilinishi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi O'zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi. O'zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining shakllanishi. Ijro hokimiyati organlarining tashkil etilishi va rivojlanishi. Sud hokimiyatining tashkil etilishi va rivojlanishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi. O'zbekiston Respublikasi milliy huquqiy tizimining shakllanishi 1. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi va davlat mustaqilligining elon qilinishi XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillarning boshlarida Sobiq sotsialistik davlatlarda siyosiy jarayonlarning keskinlashuvi, ichki siyosiy inqirozning chuqurlashuvi oqibatida Sovet imperiyasi tarkibida bo'lgan bir qancha davlatlar o'z mustaqilligini qo'lga kiritish uchun amaliy harakatlarni boshladilar. Jumladan, 1990 yil 20 iyunda O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o'zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi to'g'risidagi hujjat edi. Unga ko'ra, o'zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb o'z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib o'zining Mustaqillik Deklaratsiyasini elon qildi. Markazning mustaqillikka intilayotgan davlatlarning mustaqillikka intilishiga to'sqinlik qilish va ichki siyosiy inqirozning oldini olishga qaratilgan harakatlari o'zini oqlamadi. Jumladan, 1991 yilning 19-21 avgustida Moskvada davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Favqulodda holat davlat Qo'mitasi tuzilib, SSR Prezidenti M.S.Gorbachev zo'rlik bilan vazifasidan chetlashtirildi va o'rniga fitnachilar tomonidan vitse-prezident Yanaev prezident deb elon qilindi. Bu esa mamlakatda siyosiy boshboshdoqlikning va oqibatda siyosiy inqirozning chuqurlashuvidan darak berardi. Bu vaqtda Hindiston safarida bo'lgan I.A.Karimov O'zbekistonga qaytdi va 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Prezident qatiy tarzda O'zbekiston nuqtai nazarini malum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bo'lgan har qanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda esa O'zbekiston Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri faollari ishtirokida qo'shma majlis bo'ldi. Unda Markazda amalga oshirilgan fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilindi va O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. 21 avgust kuni O'zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat Qo'mitasining O'zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb elon qilindi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni O'zbekiston Oliy Kengashi XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi o'z ishini boshladi. 1991 yil 31 avgustda bo'lib o'tgan, XII chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga