O'zbekistonning Mustaqillikka qadar konstitutsiyaviy tarixi RYeJA: Ilk o'rta asrlarda Chor Rossiyasi bosqini davrida Sobiq sovet tuzumi davrida Xar bir davlatning boshqaruv tizimi tarixan malum bir huquqiy manbalarga binoan shakllanib kelgan. Lekin bu huquqiy manbalar turli ko'rinish va turli iboralar bilan nomlanib kelingan. hozirgi O'zbekistonimizning xam hududida ilgaridan konstituttsiyaviy hujjatlar, yani siyosiy tuzum mohiyatini belgilovchi asosiy me'yoriy hujjatlar mavjud bo'lgan. Jumladan: tarixiy manbalarga ko'ra, VII asr boshlab Movarounnahrda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi Asosiy qonun tariqasida Quroni Karim amalda bo'lgan. XII-XIX asrlarda Movarunnaxrda shariat bilan bir qatorda davlatning huquqiy ahvoliga malum darajada ta'sir ko'rsatib kelgan Chingizxon yosusi va Amir Temur tuzuklari Sharqona madaniyatga binoan konstituttsiyaviy hujjatlar edi. Xorazm Sovet Respublikasi 1920 yilda 1923 yil 20 oktyabrda Malumki, O'zbekiston tarixida 1992 yilgi Konstituttsiyasiga qadar bir nechta konstituttsiyalar qabul qilingan, lekin ular mustaqil davlat Konstitutsiyasi bo'la olmasdi. O'tmishda O'zbekiston SSR tashkil etulgunga qadar mamlakatimiz hududida RSFSR tarkibidagi Turkiston ASSR va Xorazm, Buxoro Sovet Respublikalari kabi mustamlaka davlatlar mavjud bo'lgan. Bu davlatlarning bolsheviklar rahbarligidagi o'z konstitutsiyalari bo'lgan. 1918 yil 15 oktyabrda bolsheviklarning hokimiyatini Turkiston ASSR hududida amalga oshirilishini belgilab beruvchi TASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1918 yil 10 iyunda qabul qilingan RSFSR Konstitutsiyasi asosida qabul qilindi. Unga binoan Turkiston ASSR RSFSRning bir tarkibiy qismi hisoblangan. Turkiston ASSRning yangi taxrirdagi Konstitutsiyasi 1920 yil 24 sentyabrda Turkiston o'lkasi Sovetlarining IX sezdida qabul qilindi va u Turkistonning mustamlaka davlat sifatida «huquqi»ni aniqlab berdi. Bu yangi konstitutsiya 20-bob, 109 ta moddadan iborat bo'lib, unda xon va uning karindoshlariga tegishli bo'lgan mulklar davlatniki deb belgilandi va Moskvaga olib ketildi. Lekin ishlab chiqarish qurollari va vositalaridan xususiy mulk sifatida foydalanishga ruxsat etildi hamda pul bilan erkin muomala qilish huquqi cheksiz deb belgilandi. O'rta Osiyodagi yana bir bolsheviklar hokimiyati o'rnatilgan Xorazm Sovet Respublikasida xam 1920 yilda Konstitutsiya qabul qilindi va unga ko'ra, XXSR hududida ishlab chiqarish vositalari Sovet hokimiyati o'rnatilgunga qadar kimga tegishli bo'lsa, xususiy mulkchiligicha qoldirildi va yerga shaxsiy egalik qilish, uni sotish, xar kim o'z boyliklaridan erkin foydalanish huquqlari elon qilindi. 1923 yil 20 oktyabrda IV Butun Xorazm Sovetlarining sezdida yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu Konstitutsiya oldingisidan kam farq qilib, bolsheviklarning O'rta Osiyodagi hokimiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Konstitutsiyaga ko'ra boylar, dalollar, ruxoniylar va shu kabilar saylash va saylanish huquqidan mahrum etilib, «butun hokimiyat Sovetlarniki» deb elon qilindi. O'rta Osiyo va Qozog'istonda milliy-davlat chegaralanishi natijasida O'zbekiston Respublikasi xam tashkil topgach, oradan uch yil utib 1927 yil 30 martda O'zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiya qabul qilindi va uning tarkibiga Tojikiston avtonom Respublikasi kiritildi. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
127.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
127.99 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: ppt