O'zbekistonning zamonaviy huquqi va fiqh an'analari Reja: 1. O'zbikistonning zamonaviy huquqida fiqhning o'rni 2.Majallat-al-ahkom al-adiya fuqarolik kodeksida musulmon huquqining pirintsiplari 3. O'zbekistonning zamonaviy huquqida islom dinining ahamiyati 4. O'bek turmushida davlatninig jamoatchiligi 5. O'zbekistonda huquqiy islohatlarning takomillashuvi Tayanch so'z va iboralar. 1869-1877yillarda Majallat-al-ahkom al-adiya fuqarolik kodeksi, ijtimoiy qonunchilik, davlatning jamoatchiligi, diniy - axloqiy prinsiplar va normalar, ko'chmas va harakatdagi mulk ijrosi, oldi-sotdi , xodimni yollash , garov, kafillik, tijorat va qo'shnichilik shirkatlari institutlari 1. O'ZBIKISTONNING ZAMONAVIY HUQUQIDA FIQHNING O'RNI Shariyat ikki qismdan - ilohiyot yoki ibodat tamoyillari (aqidalar) hamda fiqhdan iborat. Fiqh ham ikki qismga bo'linadi: birinchisi - mo'minga o'ziga o'xshaganlarga nisbatan uning xulq-atvor yo'li (muomalat) qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatsa, ikkinchisi - Allohga nisbatan majburiyatlar (ibodat) haqida farmoyish beradi. Fiqhning asosiy vazifasi esa musulmon davlati qonunlari bilanuning birlamchi manbalari o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni saqlab qolishda o'z ifodasini topadi. O'zbikistonning zamonaviy huquqida fiqhning o'rni qonunchilikda aholining kundalik turmush tarziga singib ketgan, kishilarning huquq va erkinligi, umuminsoniy qadriyatlariga zid kelmaydigan milliy an'analar, shaxslararo va millatlararo muomala, hamda diniy e'tiqod aks ettirilishi lozim. Tarix g'ildiragini orqaga qaytarib bo'lmaganidek, fuqarolik va dunyoviy jamiyatni ham islom huquqi normalarini hukumron bo'lgan dabrga qaytarib bo'lmaydi. Fiqh so'zsiz muayyan tarixiy hodisadir. zamonaviy jamiyatda uni mutloq darajaga ko'tarish va aynan o'zidek talqin qilish amaliyotga to'g'ri kelmaydi. O'zbekistonda huquqiy jamiyat qurishida xususiy huquqning ayrim sohalarini tartibga solishga oid fiqh tarjibasini hisobga olish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bunday yondashuvlar hozirdanoq shakllanmoqda. misol uchun oila va qo'llab-quvvatlashning (sadaqa-muhtojlarga ixtiyoriy ravishda in'om berish ruhida) birlamchiligi. Abbosiylar xalifaligi davridan boshlaboq (birinchi bo'lib al-mansur shunday qilgan)qozi mahalliy hokimyatlar ta'siridoirasidan chiqarilgan edi.hozir sudiyalarni mustaqil institutga aylantirishga qaratilgan bu an'ana, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 93-moddasining 11bandida zamonaviy shaklda o'z ifodasini topgan. Fiqhning sharhlash an'analarini ijobiy tadbiq etish sud islohoti yo'lidagi izlanishlar uchun qiziqish uyg'otadi. Bunda qonunlarni konstitutsiyaviy va oliy sud tomonidan islom olamining huquqiy madaniyatiga xos ravishda talqin etish rivojlanadi. Tabiiyki fiqh an'analari avvalambor yuridik ta'lim va huquqiy ilm doirasida, so'ngra ezgulik va huquqiy taraqqiyot insoniylik nuqtai nazaridan qonunchilik siyosati doirasida o'rganilishi lozim. 2. Majallat-al-ahkom al-adiya fuqarolik kodeksida islom huquqining pirintsiplari 1869-1877 yillarda tayyorlangan, usmonli turklar imperiyasining . Majallat-al-ahkom al-adiya fuqorolik kodeksida musulmon huquqining 99 prinsipi bitilgan bo'lib, undagi sivilistik madaniyatining boy instrumentariysi e'tiborni o'ziga tortadi. Unda musulmon fuqarolik vasavdo huquqlarining ko'pgina normalari: ko'chmas va harakatdagi mulk ijrosi, oldi-sotdi , xodimni yollash , garov, kafillik, tijorat va qo'shnichilik shirkatlari institutlari aniq belgilab berilgan. Shariyat qoidalari o'z negiziga ko'ra Arab xalifaligi davrida tarkib topgan va islom diniga asoslangandir. Bu qoidalar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.6 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.6 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc