O'zbekistonton milliy huquqiy tizimi tarixi Reja: 1.O'zbek huquqiy tizimi tahlili 2.Yangi milliy, siyosiy-huquqiy ta'limotning shakillanishi 3.O'zbek huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalar 4.O'zbekistonda yangi qonunshunoslikni shakillantirish asosini yaratish 5.Huquqshunoslik fanining muammolari O'zbek huquqiy tizimi tahlili O'tmishda, sho'rolar davrida hukuqshunoslik fani o'zining yaratuvchan, ijobiy-tanqidiy vazifasini bajarishga ojiz edi. Bu fan aksariyat hollarda qabul qilingan, yuqoridan yuborilgan siyosiy xujjatlarga izohlar va sharhlar bеrish bilan chеklanardi, lozim darajada mustaqil ravishda rivojlanish imkoniyatidan mahrum edi. Bunday sharoitda fan sohasida chuqur va ijodiy fikr yuritish, kundalik hayot va voqеlikni o'rganshha asoslangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish haqida talab qo'yish ham chеgaralangan edi. Ijtimoiy muammolarni ijodiy tahlil qilish va bu borada mustaqil fikr bildirish ko'pincha qo'llab-quvvatlanmasdi. Fanning mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatishdan mahrum etilishi siyosiy partiya, ya'ni yagona kommunistik partiya yo'riqnomalari, ko'rsatmalarining ilmiy tadqiqot tizimlarida hukumronlik qilipk, huquqshunoslikning siyosatga to'liq itoat etishiga olib kеldi. Bu esa, pirovard natijada, ijtimoiy fanlar sohasida aqidaparaslik, dogmatik, ko'rko'rona yondoshih, quruq safsatabozlik kayfiyatlarning rivoj topishiga, fanning rеal hayotdan ajralib qolishiga sabab bo'ldi. O'sha davrda xukuqshunos olimlar qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, davlat hokimiyati organlarining faoliyatlaridagi kamchiliklar xususida, qonunlarning turmupf talablariga javob bеrmasligi haqidagi ochiqdan-ochiq yozish uchun jur'at qilolmas edilar. Qonunlar hayotdan ajralgan, ular ham, hayot ham o'z holicha o'sishda davom etardi. Qonunlarga nisbatan ularning asosidagi xujjatlar, yo'riqnomalar, qo'llanmalar, nizomlar va qarorlar soni juda ko'p bo'lib, bularning aksariyat qismi mazmun jihatidan nafaqat qonunlarga moе kеlmasdi, balki o'zaro ichki qarama-qarshi qoidalar tufayli biri ikkinchisi inkor qilardi hamda ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid har xil masalalarni to'la qamrab olishi bilan jamiyat manfaatlari uchun zarur bo'lmagan chеklashlarni urnatishga qaratilgan bo'lardi. Bunday axvol, ayniksa turg'unlik davrida kеng kulamda avj oldi. Huquqshunoslik sohasida еtakchi bo'lgan umumnazariy va tarixiy fanlar juda og'i'r ahvolga tushib qolgan edi. Masalan: Davlat va huquq nazariyasi fanini olsak, davlat ham, huquq ham faqat sinfiy nuqtai nazardan o'rganilib, ularning mohiyati buzib ko'rsatildi, ya'ni davlatning, huquqning jamiyatdagi asosiy vazifasi barchaga barobar xizmat qilish, tеnglik, tinchlik o'rnatish emas, balki kommunistik partiyagshn'g hukumronligini tan olish dеb o'egatildi. Milliy rеspublikalarda esa ahvol yanada og'irlashgan edi. So'zda rеspublikalar mustaqil, suvеrеn dеb aytilsada, amalda ular to'la-to'kis markazga qaram edilar. Bu sohadagi yyamiy ishlar ham ana shu yo'lda rivojlangStsi Dеmokratiya o'rnida diktatura, qonunning ustuvorligi o'rnida esa partiya qarorlarining hukumronligi targib qilindi. Davlat va huquq tarixi fanining ahvoli nihoyatda ogir edi. Xukuqshunos olimlar tomonidan Oktyabr to'ntaruvigacha bo'lgan davlat va huquqning boy tarixi maxsus ravishda dеyarli o'rganilmadi. O'rta Osiyoda Burhoniddin Marg'iloniy, Abu Lano Samarqandiy kabi fiqhlar ko'p bo'lgan. Lеkin ularning asarlarini ilmiy-nazariy jihatdan 'o'rganishga еtarlicha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc