MAVZU: O'ZGALAR MULKINI TALON-TAROJ QILISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH REJA: O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining qisqacha tavsifi O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining kriminalistik tavsifi Dastlabki materiallarni tahlil etish va jinoyatishini qo'zg'atish Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini rejalashtirish Dastlabki va keyingi tergov harakatlarini o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, o'zgalar mulkiga daxl qilganlik uchun jinoiy jazo belgilab berilgan. Xususan bunday jinoyatlar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi X bobida keltirib o'tilgan bo'lib ular sirasiga quyidagi jinoyatlar tarkibini keltirib o'tishimiz mumkin hisoblanadi. Bular: Ushbu jinoyatlar va ularni sodir etganlik uchun beriladiga ja'zolar ham, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida batafsil belgilab o'tilgan. Kriminilastika fanida esa biz ushbu jinoyatlarning kriminalistik tavsifiga e'tibor qaratishimiz lozim bo'ladi. Talon-toroj qilish - o'zganing mulkini o'zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga xilof tarzda va haq to'lamay olib qo'yishdir. Talon-toroj qilish turdosh tushuncha bo'lib, mulkka qarshi jinoyatlarning muayyan bir guruhini, ya'ni bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik hamda o'g'rilikni o'z ichiga qamrab oladi. Talon-toroj qilishning obyekti o'zgalar mulkidir. Obyektiv tomondan talon-toroj o'zganing mol-mulkini o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga qonunga xilof ravishda, bepul olib qo'yishda ifodalanadi. Subyektiv tomondan talon-toroj g'araz maqsadlarda to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatning subyekti qonunda belgilangan yoshga to'lgan, har qanday aqli raso shaxs hisoblanadi. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining kriminalistik tavsifi Davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatini kriminalistik tahlili tahlil qilishda davlat va jamoat mulkini mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilinishiga kriminalistik tavsif berish kerak. Talon-toroj qilish jinoyat larini kriminalistik tavsifi: 1) jinoiy tajovuz predmeti; 2) jinoyatni sodir etish usuli; 3) ishning holati va aniq vaziyati; 4) jinoyatchining shaxsiy xususiyatlari; 5) motiv va maqsadi 6) jinoyatning oqibati Talon-toroj jinoyati mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilganda uni sodir et ish usulini ikki turga ajratish mumkin: oddiy talon-toroj, ya'ni hech qanday niqobsiz mulkni qonunsiz egallab olish v a niqoblab sodir etilgan jinoyat. Bu turdagi jinoyatlar quyidagi usullar bilan sodir etiladi: a) hisob-kitob hujjatlarini, hisob-kitob reestridagi kirim-chiqim yozuvlarini qalbakilashtirish; b) savdo bazalarida va omborlardahisobga olinmagan ortiqcha mahsulotlarni vujudga keltirish; d) ishlab chiqarish jarayonida hisobga olinmagan ortiqcha mahsulotlarni vujudga keltirish; e) g'arazli maqsadlarda pulni boshqa shaxslarga berish; f) pul vositalarini noqonuniy ravishda, aldov yo'li bilan olish. Mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj jinoyatlari o'zlashtirish,rastrata, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, soxtakorlik, vakolat doirasidan chetga chiqish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
636 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
636 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: pptx