O'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar Reja: 1. Aldash yoki ishonchni suiistemol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. 2. Jinoiy yo'l bilan topilgan mulkni olish yoki o'tkazish jinoyati tushunchasi. 3. Mulkni qo'riqlashga vijdonsiz munosabatda bo'lish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili. 4. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyati tushunchasi va turlari. 1. Aldash yoki ishonchni suiistemol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish (O'zR JK 170-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti o'zganing mulki, yani har xil shart-nomaviy va boshqa majburiyatlardan kelib chiquvchi mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Mulk shaklidan qati nazar har qanday mulk jinoyatning obyekti bo'lishi mumkin. Jinoyatning predmeti mulk shaklidan qatiy nazar har qanday mulk bo'lishi mumkin. obyektiv tomondan jinoyat, talon-toroj alomatlari bo'lmagani hol-da, aldash yoki ishonchni suiistemol qilish yo'li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar etkazishdan iborat. Bu moddada ko'zda tutilgan «aldash» va «ishonchni suiistemol qilish» tushunchalari haqida JK 168-modda (firibgarlik) tahliliga qarang. Ushbu moddada ko'rsatilgan jinoyat bir qator belgilari bo'yicha firibgar-lik bilan o'xshashdir. Aybdor tahlil qilinayotgan jinoyatni sodir etishda o'z maqsadiga erishish uchun, firibgarlik jinoyatidagi kabi, aldash va ishonchni suiistemol qilishdan foydalanadi, biroq firibgarlikdan aybdorning mulkiy foydani noqonuniy ravishda qo'lga kiritish mexanizmi bilan ajralib turadi. Agar firibgarlikda talon-toroj qilishning boshqa shakl-lari kabi mulkdordan mulkni qo'lga kiritish va uni aybdorning yoki boshqa shaxslarning foydasiga noqonuniy o'tkazish sodir etilsa, aldash yoki ishonchni suiistemol qilish yo'li bilan mulkiy zarar etkazishda mulk qo'lga kiritilmaydi. Ushbu jinoyatda talon-toroj qilishning u yoki bu mulkdor-ning mulkini shaxsiy fondidan qo'lga kiritish kabi belgisi mavjud emas, yani mulkdorga tegishli yoki boshqa qonuniy egasi qo'lida bo'lgan mulkning mavjud massasi kamayishi sodir bo'lmaydi. Odatda aybdor mulkiy foydani o'zganing mulkini egallab olish orqali emas, balki lozim bo'lgan summani to'lamaslik orqali qo'lga kiritadi. Talon - taroj qilishning o'ziga xosligini belgilovchi xususiyat mol-mulkni qonuniy egalikdan aybdorning egaligiga o'tish jarayonidir. O'zganing mulkini ishonchni suistemol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatida mulk egasi yoki qonuniy mulkka egalik qilayotgan shaxsning mol-mulki hisobining kamayishi orqali aybdor yohud mulkiy manfaatlar ko'rishi mumkin bo'lgan shaxsning mulkiy holati oshib boradi. Sud tergov amaliyotida ushbu jinoyatni sodir etishning turli shakllari uchraydi. Masalan, elektr hisoblagichni tarmoqdan uzib qo'yish va elektr energiyasidan bepul foydalanish, kassir yoki provodnikning chiptasiz yurganligi uchun yo'lovchilardan pul olishi; bajarilgan ish uchun mijozlar to'lagan pulning turli xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan o'zlashtirilishi va h.k. shakllarda sodir etish mumkin. Aldash yoki ishonchni suistemol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish shakllari turli xil bo'lishi mumkin. Masalan, qonunda belgilangan tartibda xizmat yoki topshiriq asosida foydalanish uchun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.34 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.34 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: docx