O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari Reja: 1. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari tushunchasi va huquqiy belgilari. 2. Bosqinchilik jinoyati tushunchasi va turlari. 3. Tovlamachilik jinoyati tushunchasi va turlari. 4. Talonchilik jinoyat tushunchasi va belgilari. 5. O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish jinoyati tushunchasi. 6. Firibgarlik jinoyati tushunchasi va turlari. 7. O'g'rilik jinoyati tushunchasi va turlari. 1- Sxema 2 - Sxema 1. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish tushunchasi va turlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi. Talon-toroj qilish o'zgalar mulkini o'z foydasi, boshqa shaxslar foydasiga qonunga xilof tarzda va bepul o'ziga qaratib olishdir Talon-toroj qilish tushunchasi bosqinchilik, talonchilik, o'g'rilik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik kabi mulkka qarshi jinoyatlar guruhiga taalluqlidir. Talon-toroj qilishning obyekti o'zgalar mulkidir. Mulk - mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo'yicha mulk egasi va jamiyatning boshqa a'zolari (mulkdor bo'lma-ganlar) o'rtasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatdir O'zR Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga muvofiq O'zbekiston Res-publikasida mulkning xususiy va ommaviy shakllari mavjud. Fuqarolar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va boshqa nodavlat shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo havzasi, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, Respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy va tarixiy boyliklar, Respublika byudjetining mablag'lari, oltin zaxirasi, davlat-ning valyuta va boshqa fondlari Respublika mulkidir, shuningdek korxona-lar va boshqa moddiy boylikka ega bo'lgan komplekslar, o'quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, davlatning byudjet mablag'lari va boshqa mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan intellektual faoliyat natijalari, boshqa mol-mulklar ham Respublika mulki bo'lishi mumkin (O'zR FK 214-moddasi). Moddiy yoki ma'naviy qimmatga ega bo'lgan ashyolar, yani inson mehnati sarflangan ashyolar talon-torojning predmeti bo'lishi mumkin. Respublika mulki va ma'muriy hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk)dan iborat bo'lgan davlat mulki ommaviy mulkdir. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondlari va kommunal xo'jalik kor-xonalari va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulklar munitsipal mulk hisoblanadi JKning X bobida nazarda tutilgan «O'zgalar mulkini talon-taroj qilishning» maxsus obyekti fuqarolik huquqining mulk huquqi instituti doirasiga kiruvchi shaxsning o'z mulkiga egalik qilishi, undan foydalanishi va tasarruf etishi bilan bog'liq mulkiy munosabatlar hisoblanadi. mulkiy munosabatlar doirasiga shuningdek, mol-mulkni qonunga muvofiq qo'lga kiritish huquqini ham kiritish lozim. Talon-toroj qilishning predmeti, inson mehnati singmagan bo'lsa ham, moddiy va ma'naviy qimmatga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.95 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.95 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: docx