O'zgalar mulkini talon-taroj qilish Reja: O'zgalar mulkini talon-toroj qilish tushunchasi va turlari 2.Bosqinchilik 3.Tovlamachilik 4. Talonchilik 5. O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish 6. Firibgarlik 7. O'g'rilik O'zgalar mulkini talon-toroj qilish tushunchasi va turlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi. Talon-toroj qilish tushunchasi bosqinchilik, talonchilik, o'g'rilik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik kabi mulkka qarshi jinoyatlar guruhiga taalluqlidir. Talon-toroj qilishning obyekti o'zgalar mulkidir. O'zR Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida mulkning xususiy va ommaviy shakllari mavjud. Fuqarolar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va boshqa nodavlat shaxslar xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanadilar. Respublika mulki va ma'muriy hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk)dan iborat bo'lgan davlat mulki ommaviy mulkdir. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo havzasi, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, Respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy va tarixiy boyliklar, Respublika byudjetining mablag'lari, oltin zaxirasi, davlatning valuta va boshqa fondlari Respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa moddiy boylikka ega bo'lgan komplekslar, o'quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, davlatning byudjet mablag'lari va boshqa mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan intellektual faoliyat natijalari, boshqa mol-mulklar ham Respublika mulki bo'lishi mumkin (O'zR FK 214-moddasi). Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondlari va kommunal xo'jalik korxonalari va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulklar munitsipal mulk hisoblanadi (O'zR FK 215-moddasi). Moddiy yoki ma'naviy qimmatga ega bo'lgan ashyolar, ya'ni inson mehnati sarflangan ashyolar talon-torojning predmeti bo'lishi mumkin. Talon-torojning predmeti moddiy dunyo predmeti sifatida muayyan asoslarga, belgilar (vazn, sifat, hajm va h.k.)ga ega bo'lishi kerak. Shu munosabat bilan elektr energiyasidan, gazdan g'ayriqonuniy foydalanish o'zganing mulkini talon-toroj qilishning predmeti bo'la olmaydi. Biroq bunday harakatlar boshqa jinoyat tarkibi - aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish, deb topilishi mumkin (O'zR JK 170-moddasi). Shuningdek intellektual mehnat mahsulini o'zlashtirib olish (adabiy o'g'irlik) talon-torojning predmeti bo'lmaydi, bunday harakatlar mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish jinoyatining tarkibini vujudga keltiradi (O'zR JK 149-moddasi). Davlat mulkining obyektlari bo'lgan - yer, yer osti boyliklari, o'rmonlar talon-torojning predmeti bo'lishi mumkin emas. Biroq, yer, yer osti boyliklaridan foydalanish qoidalari buzilganda, aybdor yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish uchun javobgarlik belgilangan JK 197-moddasiga ko'ra jazolanadi. Agar o'rmonga shikast yetkazilgan bo'lsa, aybdorning qilmishi - ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc