O'zini o'zi boshqarish asoslari

O'zini o'zi boshqarish asoslari

O'quvchilarga / Huquq
O'zini o'zi boshqarish asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'zini o'zi boshqarish asoslari Reja: O'zini o'zi boshqarishning huquqiy asoslari O'zini o'zi boshqarishning hududiy asoslari O'zini o'zi boshqarishning tashkiliy asoslari O'zini o'zi boshqarishning moliyaviy-iqtisodiy asoslari O'zini o'zi boshqarishning huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasi va 11-moddasida O'zbekiston - suveren demokratik Respublika ekanligi va kelgusida huquqiy davlatga aylanishi mustahkamlab berilgan. Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: Birinchidan, jamoat va davlat turmushining barcha sohalarida huquq va qonunning ustuvorligi, qonun talablarining davlat hokimiyati va barcha organlari, o'zini o'zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi; Ikkinchidan, shaxs huquqlari va erkinliklarining realligi, uni erkin kamol toptirish ta'minlanishi, davlat bilan shaxsning o'zaro masulligi; Uchinchidan, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga bo'lish asosida amalga oshirish. Huquqiy davlat prinsiplariga binoan aholining mahalliy o'zini o'zi boshqarish masalalarini samarali hal etish sohasidagi mustaqil faoliyatini o'zini o'zi boshqarishni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan faol tartibga solish sharoitidagina amalga oshirish mumkin. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hayotini malum bir me'yorga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ular faoliyatining asosiy yo'nalishini belgilab beradi. Umuman, u yoki bu organ o'z faoliyatini biron-bir huquqiy holatga asoslangan tarzda amalga oshiradi. Yurisprudensiyada huquqiy asos, holat, huquqiy maqom kabi kategoriyalar ko'p qo'llaniladi. Huquqiy asos - ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi huquq normalarining mushtarak tizimi, deb tushuniladi. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining huquqiy asoslariga doir tushunchalar ilmiy va o'quv adabiyotida turlicha ta'riflanadi. Jumladan, rossiyalik Ye.M. Koveshnikovning ta'riflashicha, mahalliy o'zini o'zi boshqarishning huquqiy asosi mahalliy o'zini o'zi boshqarishda vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan barcha uchun majburiy qoidalarni o'rnatuvchi, o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar yig'indisidir. M.I. Suvonkulovning fikricha, fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining huquqiy asosi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mushtarak tizimidir. Demak, fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining huquqiy asoslarini fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi turli xil normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Yurisprudensiyada barcha sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasniflash uslublari va yo'llari turlicha. Tasniflashning eng keng tarqalgan ilmiy usullari sifatida qo'yidagilarni ko'rsatish mumkin: alifboli predmetli ko'rsatkichlar; ierarxiyaga asoslangan tasniflash; fasetli tasniflash va deskriptor tasniflash. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining huquqiy asoslariga xos xususiyatlarni chuqurroq tushunish uchun mazkur huquqiy asoslarni tashkil qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni turli xil mezonlar asosida tasniflash lozim, deb o'ylaymiz. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ko'pgina ilmiy va o'quv adabiyotlarida turlicha tasniflanadi. Jumladan, L.M. Boyko fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining turli xil shakllardagi huquqiy asoslari asl mohiyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.88 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga