O'zini o'zi boshqarish huquqi fani Reja: 1. O'zini o'zi boshqarish huquqi fanining tushunchasi, predmeti va tizimi 2. O'zini o'zi boshqarish huquqi fanining manbalari O'zini o'zi boshqarish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi «O'zbekiston Respublikasi o'zini o'zi boshqarish huquqi» atamasi huquqdagi tegishli tarmoqning nomigina emas, o'zini o'zi boshqarish huquqini o'rganuvchi fanning ham nomidir. Agar o'zini o'zi boshqarish huquqining vazifasi o'zini o'zi boshqarishni tashkil etish jarayonida va uning faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo'lsa, ilmiy fanning vazifasi o'zini o'zi boshqarishning mohiyatini ochib berishdan, uning o'ziga xos sifatlari va mazmunini tushuntirib berishdan iborat. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish faoliyatini tashkil etishning muhim muammolaridan biri o'zini o'zi boshqarish hokimiyati bilan davlat hokimiyatining nisbatiga taalluqlidir. O'zbekistonda o'zini-o'zi boshqarish bilan davlat hokimiyati o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, uning birdan-bir manbai xalq hokimiyatidir. Ammo ular xalq hokimiyatini amalga oshirishning turli shakllari hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarish huquqi fani o'zini o'zi boshqarishni fuqarolar mustaqilligi va faolligining bir shakligina deb bilmaydi, balki xalq hokimiyati faoliyatini amalga oshirishning bir shakli deb ham hisoblaydi. Bu fan shaharcha, qishloq va ovul, mahallalarda va boshqa mahalliy boshqarish tuzilmalarida o'zini o'zi boshqarishni tashkil etish uchun asos bo'ladigan qoidalarning mazmunini ochib beradi. O'zini o'zi boshqarishning huquqiy, hududiy, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy asoslari, uning funksiyalari va idora etish usullari to'g'risidagi masalalar ham shu fanning predmeti jumlasiga kiradi. O'zini o'zi boshqarish huquqi fani o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlarini va ish tajribasini tahlil etadi, ijtimoiy munosabatlarni o'zini o'zi boshqarish huquqi asosida tartibga solishning umumiy qonuniyatlarini o'rgatadi, o'zini o'zi boshqarish huquqi normalarini qo'llash tajribasini, o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining amaliyotini umumlashtiradi va shu asosda o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi. Bu fan o'zini o'zi boshqarish huquqi normalari bilan boshqa huquq tarmoqlarining normalari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni o'rganadi va tushuntirib beradi. O'zini o'zi boshqarish huquqi fanining predmeti o'zbek davlatchiligining avvalgi bosqichlarida o'zini o'zi boshqarish organlarini va ularning faoliyatini tashkil etish va uni huquqiy tartibga solish, bu sohadagi chet el tajribasini o'rganishdan ham iboratdir. O'zini o'zi boshqarish huquqi normalarini va shu normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni o'rganishda u tarixiy, qiyosiy, huquqiy, statistik, aniq sotsiologik ilmiy usullardan foydalanadi. Shunday qilib, o'zini o'zi boshqarish huquqi fani o'zini o'zi boshqarish haqidagi va uni amalga oshirish, huquqiy tartibga solish shakllari hamda amaliyoti haqidagi bilimlar, g'oyalar, nazariyalarning majmuasidir. O'zini o'zi boshqarish huquqi fani o'z tizimiga egadir, bu tizim nazariy qoidalar, bilimlarni muayyan tartibda mantiqiy asoslagan holda joylashtirishni bildiradi. Shu bilan birga unda quyidagi bo'limlar alohida ajratilgan bo'ladi. O'zini o'zi boshqarish huquqiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc