O'zini o'zi boshqarish huquqi O'zbekiston milliy huquqining sohasi sifatida

O'zini o'zi boshqarish huquqi O'zbekiston milliy huquqining sohasi sifatida

O'quvchilarga / Huquq
O'zini o'zi boshqarish huquqi O'zbekiston milliy huquqining sohasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

O'zini o'zi boshqarish huquqi O'zbekiston milliy huquqining sohasi sifatida Reja: 1. O'zini o'zi boshqarish huquqi sohasining rivojlanish shart-sharoitlari 2. O'zini o'zi boshqarish huquqi tushunchasi va predmeti 3. O'zini o'zi boshqarish huquqiy normalari va institutlari 4. O'zbekiston Respublikasi milliy huquq tizimidagi o'zini o'zi boshqarish huquqi O'zini o'zi boshqarish huquqi sohasining rivojlanish shart-sharoitlari O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, huquqiy demokratik davlatni barpo etish va bozor munosabatlarini rivojlantirish sohasida tub demokratik islohotlar yo'liga kirdi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish muammosi davlat hokimiyatini, davlat hokimiyatining vakolatli organlari va o'zini o'zi boshqarish organlarini tashkil etish bilan chambarchas bog'liqdir. Mazkur organlarni hokimiyat manbai bo'lgan xalqning o'zi tuzadi. O'zbekistonning jamiyat va davlatni tashkil etish va ularning faoliyatini yo'lga qo'yishdagi demokratik tamoyillar (prinsiplar)ga o'tishida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishini yo'lga qo'yish va rivojlantirish, uning huquqiy negizini shakllantirish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun qonunchilik sohasida va konstitutsiyaviy darajada ko'pgina ishlar qilindi, zero o'zini o'zi boshqarish sharoitidagina fuqarolarda umumiy manfaat va mas'uliyat tuyg'usi vujudga keladi, fuqarolar o'z ishlarini mustaqil hal etish usullarini o'rganibgina qolmay, ayni vaqtda eng muhim hayotiy masalalarni hal etish uchun o'z mas'uliyatini ham his qiladi. Bundan tashqari o'zini o'zi boshqarish sabog'ini olgan fuqarolar davlat siyosati to'g'risida xolis va malakali fikr yurita oladilar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab berilgan o'zini o'zi boshqarish to'g'risidagi moddalar (32, 105-moddalar) konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biridir. 199 yilda qabul etilgan «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruvi, mustaqilligi, uning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanganligi (1-modda), o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi (7-modda) takidlangan edi. O'zini o'zi boshqarish jamiyat siyosiy tizimining tarkibiy qismi (elementi) sifatida belgilab qo'yilganligi O'zbekistonda shaxs va davlat manfaatlari bilan birgalikda mahalliy manfaatlar ham tan olinadi va kafolatlanadi, bu esa mahalliy aholi (shahar, shaharcha, ovul va boshqa joylardagi aholi)ning hayoti va faoliyatini bevosita ta'minlash masalalarini hal etish bilan bog'liqdir. Ayni vaqtda bu manfaatlarning hammasi (yani jamiyat, davlat manfaatlari va mahalliy manfaatlar) teng huquqli deb qaraladi. Huquqning yangi tarmog'i bo'lmish o'zini o'zi boshqarish huquqi vujudga kelish va rivojlanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Uning shakllanishi o'zini o'zi boshqarish organlarining vujudga kelish va rivojlanish jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. O'zini o'zi boshqarish organlari o'zbek xalqi hayotida, davlat va jamiyat ishlarini boshqarish umumiy tizimida alohida o'rin kasb etayotganligi sababli o'zini o'zi boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus huquq sohasini yaratish ehtiyoji yuzaga keldi. O'zbekistonda milliy huquq tizimining bir sohasi sifatida o'zini o'zi boshqarish huquqini vujudga kelishiga quyidagi omillar asos deb hisoblaymiz: Mustaqillik yillarida Respublikamizda o'zini o'zi boshqarishni amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga