O'zini o'zi boshqarish organlari va ularning turlari O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi 199 yil 14 aprel (yangi tahrirdagi) qonuniga asosan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi - fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o'z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma'naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlari va an'analaridan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyati demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o'zaro yordam kabi asosiy prinsiplariga bo'ysunadi. O'zini o'zi boshqarish organlari quyidagi turlarga bo'linadi: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig'ini (vakillar yig'ilishi); fuqarolar yig'inining kengashi; fuqarolar yig'ini faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha komissiyalar; fuqarolar yig'inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo'lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma'muriy komissiya va boshqa jamoat tuzilmalari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolar yig'ini - fuqarolar o'zini o'zi boshqarishining yuqori organi bo'lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga egadir. Fuqarolar yig'inida 18 yoshga to'lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadilar. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qoshida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 199 yil 19 apreldagi 180-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari ham faoliyat ko'rsatadi. Bunday tuzilmalarni tuzishdan asosiy maqsad - fuqarolarning faolligini oshirish yo'li bilan huquqiy demokratik davlat qurish jarayonini jadallashtirish, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari davlat boshqaruv tizimining ayrim vakolatlari bajarilishiga keng yo'l ochish, osoyishtalikni ta'minlash, huquqiy tartibotni mustahkamlashda davlat bilan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining hamkorlikda ish olib borishini ta'minlash, aholining o'zaro hamjihatligini oshirishdan iboratdir. «Mahalla posboni» jamoat tuzilmasiga, fuqarolar yig'ini kengashining qaroriga binoan, ongli ravishda Vatan, xalq manfaatlari yo'lida sadoqat bilan beg'araz xizmat qilishga tayyor, jismoniy va ma'naviy sog'lom, pok, iymon-e'tiqodli, yuksak insoniy va axloqiy fazilatlarlarga ega bo'lgan, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga ko'ngilli ravishda yordam berish istagini bildirgan, tegishli mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. Ushbu tuzilmalar bilan ishlash, ularning vazifalari va huquqlari yuqorida keltirilgan Nizomda belgilangan. Bundan tashqari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari huzurida fuqarolarning oilada va mahallada tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini ta'minlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal etish, sog'lom turmush tarzini targ'ib-tashviq qilish maqsadida tuziladigan yarashtirish komissiyalari ham faoliyat ko'rsatadi. Yarashtirish komissiyalari tarkibiga xotin-qizlar qo'mitasining raisi, militsiya profilaktika inspektorlari, hududdagi maktab direktorlari yoki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.29 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.29 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc