O'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari. Fuqarolar yiginining raisi

O'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari. Fuqarolar yiginining raisi

O'quvchilarga / Huquq
O'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari. Fuqarolar yiginining raisi - rasmi

Material tavsifi

O'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari. Fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli) Fuqarolar yig'ini o'zini o'zi boshqarish organi sifatida quyidagi vakolatlarga ega: − ushbu organning faoliyati, dasturi, xarajatlar smetasini, aholi punktlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; − rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari ishining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, har yili ularning hisobotlarini tinglaydi; − o'z hududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun aholining, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona, tashkilot va muassasalarning mablag'larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi; − pul mablag'lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, zarur bo'lganda taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to'g'risidagi nizomni tasdiqlaydi; − qonunlarda belgilangan tartibda o'z hududida kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq hunarmandchilik tsexlarini tashkil etish masalalarini ko'rib chiqadi; − yig'in ma'muriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini ko'cha, maydon va boshqa joylarning nomlarini o'zgartirishga doir masalalarni ko'rib chiqadi hamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi. Fuqarolar yig'ini, Respublika qonunlariga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Yig'in davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarining aholi uchun qulay soatlarda ishlashini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 246-moddasiga asosan, tuman markazidan olisda va borish qiyin bo'lgan yerdagi shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qoshida ma'muriy komissiyalar tashkil etiladi. Fuqarolar yig'ini, Respublika qonunlariga muvofiq, yer munosabatlari sohasidagi masalalarni ham hal etadi. Fuqarolar yig'inining raisi (oqsoqoli): − Respublika qonunlarini, Prezidentning farmonlarini, Respublika hukumati va mahalliy hokimiyat organlarining qarorlarini bajarishga doir ishlarni tashkil etadi; − fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to'g'risida g'amxo'rlik qiladi; − qonunlarda ko'zda tutilgan hollarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sud idoralarida, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan bo'ladigan munosabatlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qila oladi; − fuqarolarning hududni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda, ommaviy-siyosiy tadbirlarda qatnashishini tashkil etadi; aholiga savdo va kommunal-maishiy xizmat ko'rsatilishini yaxshilashga ko'maklashadi, bu maqsadlarda tegishli hududda joylashgan korxonalar va tashkilotlar taqdim etadigan moddiy va boshqa mablag'lardan foydalanadi hamda do'konlar, oshxonalar, choyxonalar, bozorlar ishi, savdo qoidalariga rioya etilishi, fuqarolarga madaniy xizmat ko'rsatishning ta'minlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi; − aholi punktlari, suv ta'minoti manbalari, uy-joylar, maktablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati ustidan nazorat qilinishiga ko'maklashadi; − qabristonlar, qardoshlik qabrlari va boshqa mozorlarni saranjom saqlash yuzasidan jamoatchilik ishlarini tashkil qiladi; − aloqa organlariga mahalliy telefon va pochta aloqasini rivojlantirishda, radiolashtirish borasida, mahalliy aloqa inshootlarini muhofaza qilishda yordam beradi; − egasiz mol-mulkni, shuningdek, davlatga meros tarzida o'tgan molk-mulkni saqlash va tasarruf etish choralarini ko'radi; − dehqon xo'jaliklarining oilaviy mulk taqsimotlarini ro'yxatga oladi, o'z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.55 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.55 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga