O'zini o'zi boshqarishning asosiy prinsiplari Reja: O'zini o'zi boshqarish prinsipi tushunchasi O'zini o'zi boshqarish asosiy prinsiplari O'zini o'zi boshqarish prinsipi tushunchasi «prinsip» tushunchasi biron-bir nazariya yoki ta'limotning asosiy ilk qoidasigina bo'lmay, shu bilan birga turli mexanizmlar, shu jumladan ijtimoiy mexanizmlar faoliyatining rahbariy g'oyasi yoki asosiy qoidasi, tuzilishi yoki amal qilish asosi ekanligini hamma tan olgan. «prinsip» tushunchasining lug'atlarga kiritilgan mana shunday izohi konstitutsiyaviy va o'zini o'zi boshqarish huquqidagi davlat va huquq nazariyasi tushunchasiga ham mos keladi. Shu bilan birga o'zini o'zi boshqarish instituti mazmuni, o'zini o'zi boshqarish organlari tizimining maqomiga xos xususiyatlar bu tizimni tashkil etishning o'ziga xos prinsiplarini alohida talqin etishni talab qiladi. Bu prinsiplarni demokratik huquqiy davlat qoidalarining batafsil bayoni desa, ham bo'ladi, ammo uni o'zini o'zi boshqarish shakllanadigan va faoliyat yuritadigan sharoitdagi munosabatlar tizimiga tatbiq etish talab qilinadi. Huquqning boshqa tarmoqlari kabi o'zini o'zi boshqarish huquqi ham huquqning muhim belgilarini o'zida mujassamlashtirgan, uning yuridik tabiatini belgilaydigan, mohiyati va ijtimoiy vazifasini ifodalaydigan muayyan prinsiplar asosiga quriladi va amal qiladi. O'zini o'zi boshqarishning huquqiy prinsiplari o'zini o'zi boshqarish huquqi norma - qoidalarida mustahkamlab qo'yilgan, o'zini o'zi boshqarish tabiatidan, hozirgi vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqadigan eng asosiy negizlar va g'oyalardan iboratdir. O'zini o'zi boshqarishning huquqiy prinsiplari o'zini o'zi boshqarish amalga oshiriladigan va rivojlantiriladigan o'ziga xos tizim va mezondir. Ularda o'zini o'zi boshqarishning nazariy va amaliy asoslari, eng muhim xususiyatlari, belgilari, nisxonalari va mezonlari umumlashtiriladi. O'zini o'zi boshqarish hokimiyatini rivojlantirishning obyektiv qonuniyatlari va tamoyillari o'zini o'zi boshqarish prinsiplarida aks etadi: - bu prinsiplar O'zbekistonning butun hududida o'zini o'zi boshqarish hokimiyatini barpo etish va yuritishning yagona asoslarini belgilab beradi; - o'zini o'zi boshqarishning nazariy asosi bo'lgan bu prinsiplar uning mohiyati, farqli belgilari va tan olinishini tushunishga yordam beradi; - bu prinsiplar amaldagi o'zini o'zi boshqarish tizimini, u o'zini o'zi boshqarish qoidalarida ifodalangan asoslar va g'oyalarga naqadar munosib ekanligini baholash mezoni bo'ladi; - o'zini o'zi boshqarishning mohiyati va belgilarini aks ettiruvchi bu prinsiplar o'zini o'zi boshqarish institutini rivojlantirishda davomiylikni saqlab qolishga yordam beradi; - o'zini o'zi boshqarish kafolatlarining o'ziga xos bo'lgan bu prinsiplar fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etish huquqlari ta'minlanishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, o'zini o'zi boshqarishning asosiy prinsiplari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o'zini o'zi boshqarish organlarining tabiati bilan bog'liq bo'lgan mustaqil faoliyatni amalga oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g'oyalar yig'indisidir. O'zini o'zi boshqarish asosiy prinsiplari Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga (199 yil 14 aprelda qabul qilingan va 2003 yil 30 avgustda o'zgartirish va qo'shimchalar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.89 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.89 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc