O'zini o'zi boshqarishning vakolatlari Reja: O'zini o'zi boshqarish vakolatlari tushunchasi O'zini o'zi boshqarishning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni amalga oshirish borasidagi vakolatlari Davlatning ayrim vakolatlarini o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tkazish masalalari O'zini o'zi boshqarish vakolatlari tushunchasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonun «O'zini o'zi boshqarishning vakolatlari» tushunchasini belgilab qo'ygan (10,11,12,13 moddalar). Umuman, yuridik adabiyotlarda «vakolat» iborasi turlicha talqin etilgan. Chunonchi, yuridik ensiklopediyada yozilishicha, «vakolat» malum davlat organi yoki mansabdor shaxsning davlat organlari tizimida tutgan o'rnini belgilab beruvchi yuridik vakolatlar hamda huquq va majburiyatlarning mushtarak tizimidir. Boshqa bir adabiyotda esa vakolat «biror shaxs, muassasa, tashkilot, davlat va shu kabilar nomidan ish qilish uchun berilgan huquq, vakillik huquqi» yoxud «qonun, nizom yoki boshqa aktlar asosida biror-bir organ yoki mansabdor shaxsga berilgan huquqlar» deb ta'riflangan. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi: «vakolat-vakilning vakolat beruvchi fuqarolik huquq va majburiyatlar keltirishi, o'zgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yani huquqdir» Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining faoliyatini huquqiy tartibga solishning asosiy masalalaridan biri ularning vakolatlarini aniq belgilab qo'yish bo'lib, «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi Qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlanib qo'yilgan vakolatlarni tadqiq etishni taqazo qiladi. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari bilan bevosita bog'liq masalalar ham turli xil ilmiy va o'quv adabiyotlaridan turlicha talqin qilingan. M.Suvonqulov fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari deganda normativ-huquqiy hujjatlar asosida mazkur organlarga berilgan va ularning vakolat doirasiga kiruvchi masalalar majmuasi hamda ular huquq va majburiyatlarining mushtarak tizimi, deb fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolat doirasiga kiruvchi vazifalar deganda, tegishli hududdagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi huquq va majburiyatlarni amalga oshirish, deb tushunadi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlarini olimlar turli guruhlarga bo'lib o'rganishni taklif qilganlar. L.M.Boyko fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish huquqini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlarini ularning tashkil etilishiga ko'ra, yani vakillik va ijroiya organlariga bo'lib tahlil qilish g'oyasini ilgari suradi. V.I.Fadeev va O.Ye.Kutafinlar esa fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlarini ularni amalga oshiruvchi subyektlarga ko'ra tahlil qilishni, yani mahalliy aholi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan vakolatlar guruhlariga bo'lib o'rganishni tavsiya etadi. Umuman, Konstitutsiya va qonunlarda hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga mahalliy aholining manfaatlarini qondirish hamda mahalliy ahamiyatga molik boshqa masalalarni hal qilish vakolatlari berilgan. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakolatlarining deyarli barcha jihatlari «Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida»gi qonunda, shuningdek, davlat organlari tomonidan qabul qilingan boshqa qonun va qonun osti hujjatlarida belgilab qo'yilgan. Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirish asosida O'zbekiston Respublikasida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.66 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.66 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc