Oziq - ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risidagi qonunning iste'molchilar huquqlarini

Oziq - ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risidagi qonunning iste'molchilar huquqlarini

O'quvchilarga / Huquq
Oziq - ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risidagi qonunning iste'molchilar huquqlarini - rasmi

Material tavsifi

«Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida»gi qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli Reja: «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida»gi qonunda keltirilgan atamalar va ularning mazmuni Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlash sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat qilish Oziq-ovqat mahsulotlarini O'zbekiston Respublikasiga olib kirish va normalar, qoidalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini yo'q qilib tashlash tartibi «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida»gi Qonunda keltirilgan atamalar va ularning mazmuni «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida»gi Qonuni 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan bo'lib 18 ta moddani o'z ichiga qamrab oladi. Bu Qonunning iste'molchilar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Bu Qonunning ahamiyatini yaxshi tushunib etmoq uchun Qonunda keltirilgan quyidagi atamalarning mazmunini to'liq tushunib etmoq kerak. Oziq-ovqat mahsuloti - oziq-ovqat xom ashyosi (shu jumladan alkagolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va qadoqlash materiallari hamda ulardan tayyorlangan buyumlar; Oziq-ovqat mahsulotining sifati - oziq-ovqat tovarlarining istemol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog'ligi uchun xavfsizligini ta'minlaydigan mezonlar majmui; Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi - oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalariga va qoidalariga mosligi; Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) - bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo'lib turadi, bu muddat tamom bo'lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun havfli bo'lib qolishi mumkin; Oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish - oziq-ovqat xom ashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab o'zgartirish yoki ularni almashtirib qo'yish; gigiyena sertifikati - oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjat; Toksikologiya-gigiyena ekspertizasi - oziq-ovqat mahsuloti ustidan amalga oshiriladigan bir turkum laboratoriya tadqiqotlari bo'lib, ular mavjud normalar va qoidalar bilan qiyoslashga mo'ljallangan bo'ladi. Mutaxassisliklarning fikricha oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishining asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi: Ruxsat etilmagan bo'yoq moddalari, konservantlar, antiokislitellarni qo'llash yoki ruxsat etilganlarni me'yoridan ortiqcha miqdorda ishlatish; Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning noan'anaviy texnologiyalarini qo'llash, shu bilan bir qatorda kimyoviy, mikrobiologik sintez yo'li bilan oziq-ovqat mahsulotlarini olish; Qishloq xo'jalik ekinlari va hayvonot mahsulotlarining o'simlik zararkunandalariga qarshi va hayvonlar kasallanishining oldini olishga qarshi ishlatiladigan pestitsidlar bilan ifloslanishi; Qishloq-xo'jalik mahsulotlari etishtirishda o'g'itlarni, sanoat chiqindilarini ishlatishning gigiyenik qoidalarining buzilishi; Chorvachilik va parrandachilikda ruxsat etilmagan emlar, konservantlar, o'sish stimulyatorlari, davolash medikamentlarini ishlatish; Oziq-ovqat mahsulotlariga jihozlardan, idishlardan, inventarlardan, o'rash-joylash materiallaridan toksik moddalarning o'tishi (polimer, rezina, metall materiallaridan); Oziq-ovqat mahsulotlarini issiqlik ishlovi berganda tarkibida zararli moddalarning to'planishi; Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash jarayonlarida sanitariya normalariga itoat qilmaslik, natijada bakterial toksinlarni keltirishi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.41 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga