Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar

Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar

O'quvchilarga / Huquq
Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar - rasmi

Material tavsifi

Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan ja'zolar Reja: Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan ja'zolar va sud tomonidan tayinlanadigan boshqa majburlov choralarini ijro etishning qonuniyligi va asosliligi ustidan nazorat qilish. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma'muriy nazorati bo'yicha prokurorlik nazorati. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan ja'zolar Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan ja'zolar masalan, axloq tuzatish ishlari jazosi, jarima, tuman (shahar) prokurorlari vakolatlariga tegishlidir. ATIga xukm qilingan shaxsning o'z vaqtida sud tomonidan belgilangan % miqdoridagi summani, sud tomonidan belgilangan joyda o'tash yoinki, IIB organlari tomonidan belgilangan joylarda o'tashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. . Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan, shuningdek shartli hukm qilish hamda majburiy xarakterdagi cheklanishlar tarzidagi ja'zolarni ichki ishlar organlari tomonidan ijro etilishi ustidan amaliy nazorat ta'minlanishi talab etiladi. IIB organlari tomonidan belgilangan joylarda o'tashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlarni tegishli IIB organlari tomonidan qonun bilan belgilangan muddatda ruyhatga olinganligi, qonunlar ijrosi hududiylik tamoyiliga asosan tegishli hududiy prokuror( tuman,shahar) prokurorlariga yuklatilgan. Bu soha bo'yicha : axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar hujjatlari sudning hukmi(ajrimi)dan nusxalar bilan birga IIB organlariga kelib tushgan kunidan boshlab, 15 kun ichida axloq tuzatish ishiga jalb qilinganmi; mahkumlarni hisobi olib borilayaptimi; ularga jazoni o'tash tartibi va sharoiti tushuntirilganmi; axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o'tash tartibiga rioya qilinayotganligi ustidan nazorat o'rnatilganmi; axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o'tash amalga oshirilayotgan korxona ma'muriyati bilan aloqa qanday o'rnatilgan, mehnat sharoiti yaratib berilganmi; mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilayaptimi; mahkumlarni o'zini tutishi, yurish-turishi nazoratga olinganmi va imkon qadar ularning kasbiy salohiyatiga muvofiq ishga yuborilganmi yoinki, ishga joylashtirish organlariga ular yuborilayaptimi; axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o'tash amalga oshirilayotgan korxona tomonidan mahkumlarning ish haqidan byudjet hisobiga o'tkazilishi kerak bo'lgan % miqdoridagi mablag' o'z vaqtida o'tkazilayaptimi degan savollar bo'yicha prokurorlar shug'ullanishlari lozim. Bundan tashqari, axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslar ustidan ma'muriy nazorat o'rnatilgan bo'lsa, ular bu nazorat talablariga rioya qilishayaptimi prokuror o'z nazoratiga olmog'i kerak. ( yashab turgan joyi, shaharini IIB ning masul shaxslari ruhsatisiz tark etilmasligiga rioya qilinishi) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to'g'risidagi 2004 yil 11 may 24 - sonli buyrug'i dan ko'chirma. 10. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan, shuningdek shartli hukm qilish hamda majburiy xarakterdagi cheklanishlar tarzidagi ja'zolarni ichki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.42 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.42 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga