Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati

O'quvchilarga / Huquq
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati - rasmi

Material tavsifi

OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR MEHNATI Mamlakatimizda sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida rivojlangan davlatlarda joriy etilgan mexanizmlar amaliyotga tatbiq etildi. Bunga misol sifatida sudlarning mustaqil hokimiyat tarmog'i sifatida e'tirof etilganligini, ixtisoslashtirilganligini, dastlabki tergov va qamoq tarzidagi ehtiyot choralarining muddatlari qisqartirilganligini, yarashuv tartibida ish yuritish va apellyatsiya instansiyalarining joriy etilganligini, qamoqqa olish ehtiyot chorasi, amnistiya aktlarini qo'llash vakolatining sudlarga o'tkazilganligini, o'lim va mol-mulkni musodara qilish ja'zolarining bekor qilinganligini va boshqa liberallashuvni ko'zlovchi tadbirlarni ko'plab keltirish mumkin. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrda qabul qilingan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni jinoyat-huquqiy sohani liberallashtirish va qonuniylikni ta'minlash borasidagi islohotlar jarayonida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi3 Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug'ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sog'lig'ining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosini inobatga olgan holda mehnatga jalb etiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qo'riqlash va batamom ajratib qo'yish ta'minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo'l qo'yilmaydi. 60 yoshdan oshgan erkaklar, 55 yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironlari mehnatga o'z xohishlariga ko'ra jalb etiladilar. Mahkuma ayollar homiladorlik va tug'ish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar. Mehnat to'g'risidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. So'nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta'minlash hamda sud-huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan qator sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda, - dedi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo'mitasi raisi Mavluda Xo'jayeva. - Ayniqsa, mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishi, sha'ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini ta'minlashga e'tibor kuchayib, sohaga oid qonunchilik takomillashtirilyapti. Xususan, 2017-2022 yillarda mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan 3 ta qonun, Prezidentimizning 1 ta farmoni, 6 ta qarori, hukumatning 10 ta qaror va farmoyishlari hamda o'ndan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxslarni mehnatga to'liq jalb etish orqali ularni axloqan tuzalish, kelgusida jamiyatimizning munosib a'zosi sifatida shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'kidlanganidek, mazkur loyihada ham ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o'tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mahkumlarning tuzalish yo'liga o'tganligini belgilovchi qat'iy mezonlarni belgilash orqali ularning xulq-atvorini baholashda korrupsion omillarni bartaraf etish ko'zda tutilmoqda. Shuningdek, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.84 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.84 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga