Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar moddiy - maishiy ta'minoti

Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar moddiy - maishiy ta'minoti

O'quvchilarga / Huquq
Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar moddiy - maishiy ta'minoti - rasmi

Material tavsifi

Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar moddiy-maishiy ta'minoti, tibbiy xizmat ko'rsatish va mehnati Reja: Mahkumlarning ovqati,ularga belgilangan ovqat normasi va malum toifadagilarga oshirilgan normada berilgan ovqat Mahkumlarning tibbiy sanitariya ta'minoti Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarni mehnatga jalb etishni tashkillashtirish tushunchasi, shart va tamoyillari. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning yashash joylari, ularning ovqati. Har bir mahkumga belgilanganovqat normasi va malum toifadagi mahkumlarga oshirilgan normalarda beriladigan ovqat. Mahkumlarning tibbiy-sanitariya ta'minoti. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarni mehnatga jalb etishni tashkillashtirish shartlari va tamoyillari. mahkumlarning bazi toifalarini mehnatga jalb etishning ixtiyoriyligi. Ish bilan ta'minlash. Ish vaqti.Ish vaqtidan tashqaridagi ishlar. Dam olish va bayram kunlarida mehnatga jalb etish tartibi. Mahkumlarning mehnat tatili, ularga haq to'lash tartibi, ijtimoiy sug'o'rtasi va pensiya ta'minoti. Rag'batlantirish choralari va ularning turlari. Intizomiy jazo choralarini qo'llash asoslari va tartibi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati. Mahkumlarni intizomiy bo'linmalarga kiritib qo'yish shartlari. Izolyator va kartserlar. Jazoni o'tash tartibini qo'pol tarzda buzish tushunchasi. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi tushunchasi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 84-moddasi ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning yashash joyi haqida fikr yuritilgan. Unda aytilishicha, «ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga karab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydilar. Bir mahkumga to'g'ri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam bo'lishi mumkin emas: -umumiy turar joylarda-ikki kvadrat metr; -tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida-ikki yarim kvadrat metr; -ayollar va voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda-uch kvadrat metr; -bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda-turt kvadrat metr; -intizomiy bulinmalarning kameralarida hamda sokchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan fodalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda o'tayotgan shaxslar uchun mo'ljallangan xona tipidagi turar joylarda-turt yarim kvadrat metr. Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, kurpa-tushak,choyshab va kerakli inventar beriladi». Bu xildagi normalarning belgilab kuyilishi mahkumlarning yashashidagi assosiy norma hisoblanadi.Xar bir mahkum uzining sodir etgan jinoyatining ogir yoki engilligiga karab, muassasa saqlash sharoitiga karab joylashtiriladi. Umumiy,qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o'tayotgan mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning yashash joylarining minimal va maksimal o'lchami kursatib qo'yilgan,xolos. Birok bu belgilangan normaning kancha bo'lishini muassasa quyidagi xususiyatlarga ko'ra belgilab oladi: tibbiy mezonlarga ko'ra; mahkumlarning yosh darajasiga ko'ra; Jazoni ijro etish muassasalarida yashash uchun mo'ljallangan qismda yashash uylaridan ovqatlanish xonasi, dam olish xonasi, shifoxona, o'qish va kasb-hunar o'rgatish xonalari, magazin,klub, kir yuvish va xammom, kutish va uchrashuv xonalari, kir kuritish xonasi, kiyim-bosh va poyabzallarni ta'mirlash xonalari, mahkumlarning shtablari, kamera tipidagi xonalari,nazorat qilish va o'tkazish joylari, yoz mavsumlarida mahkumlarning saf tortishi, sport bilan shugullanishi va tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish maydoni, ibodat qilish uchun mo'ljallangan xonalari va boshqa inshootlar bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.16 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga