Ozodlikka tulangan tovon Reja: 1. Biz kimning avlodimiz? 2. Zamon evrilmoqda sen-chi, zamondosh! 3. Jaholat nima? 4. Ozodlikka to'langan tovon Ayrim mutaxassislar bizda, ayniqsa, Rusiya mustamlakasi hukm surgan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yetuk siyosiy ong bo'lmaganini davo qilib, yakkash qullikda yashaganimizni uqtirmoqchi bo'ladi. Aslida shundaymi? Bu savolga javob berishdan avval ozodlik va qaramlik, erk va qullik kabi tushunchalar mohiyatiga etibor qaratmoq zarur. O'sha zamonlarda muayyan darajada mahdudlikda yashashga mahkum etilganimizdan ko'z yumib bo'lmaydi. Mustamlaka girdobida qolganimiz, qaram bo'lganimiz ham rost. Lekin qullik haqida mulohaza aytishdan oldin istihola qilmoq kerak. Garchi o'sha kezlari millat hayotining barcha - siyosiyhuquqiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniyma'rifiy jabhalari zanjirband, haqhuquqimiz cheklangan bo'lsada, ajdodlarimiz har doim ham dunyoga ochiq ko'z bilan qaragan. O'shanday murakkab, ziddiyatli davrda millatni g'aflatdan uyg'otish, uni taraqqiy etgan xalqlar darajasiga ko'tarish bobolarimizning hayotiy amoli bo'lgan. Zokirjon Furqatning 1879 yildayoq kuffor bandi ichra sonsiz tugunda qolduk deya bong urgani, Abdurauf Fitratning 1917 yilgi Oktyabr to'ntarishi munosabati bilan Rusiyada yangi bir balo bosh ko'tardi. Bolshevik balosi! degan keskin fikrni bildirgani, Abdulla Avloniyning 1919 yili Turkistonni fano va ayanch holga solgan, har yerda ish boshinda o'lturgon, o'zlari oshalab, biz musulmonlarga yalatuv bilangina kifoyalangan rus tavarishlarimiz haqida yozgani bunga dalil bo'la oladi. Buning tasdig'iga yana ko'plab misol keltirish mumkin. Lekin biz bu o'rinda Vatan va millat ozodligi yo'lida o'z hayoti bilan tovon to'lagan va buni ulug' sharaf deb bilgan benazir zot - Mahmudxo'ja Behbudiyning siyosiy amoli haqida fikr yuritmoqchimiz. O'ylaymizki, shuning o'ziyoq mustaqillik degan beqiyos nematning osongina qo'lga kiritilmaganini, shahid bobolarimiz bugungi kunlarni nechog'li orzulaganini his etishimiz uchun kifoya qilar. Mutaxassislar bir haqiqatni yakdil etirof etadilar: o'tgan asr boshidagi milliy uyg'onish harakatini Mahmudxo'ja Behbudiy faoliyatidan ayri tasavvur etish mahol. Nainki mutaxassislar, ulug' millatparvarning zamondoshlari ham ayni shu fikrda bo'lgani malum. Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o'sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng keladigani yo'q deb o'ylayman. Mashhur arbob Fayzulla Xo'jaevning Behbudiy haqidagi bu so'zlarida zarracha mubolag'a yo'q. Binobarin, Mahmudxo'ja Behbudiy siyosatshunos va publitsist, adib va pedagog, noshir va jurnalist sifatida keng qamrovli faoliyat olib bordi. Har bir ishida bosh mezon millat va milliyat masalalari bo'ldi. Behbudiy, eng avvalo, milliy uyg'onish harakatining ulkan siyosiy rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Siyosat bobida u o'tkir nazariyotchi, shuning barobarida, faol amaliyotchi ham edi. Siyosatga doir nazariy qarashlari uning Kitobi muntaxabi jug'rofiyai umumiy va namunai jug'rofiya darsligida, Duma va Turkiston musulmonlari, Xayr ul-umuri avsatuho, Muhtaram samarqandiylarg'a xolisona arz va shu kabi maqolalarida ifodasini topgan. Bir-ikki misol keltiramiz. Chunonchi Kitobi muntaxabi jug'rofiyai ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.91 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.91 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc