Parlament huquqi asosiy tushunchalar

Parlament huquqi asosiy tushunchalar

O'quvchilarga / Huquq
Parlament huquqi asosiy tushunchalar - rasmi

Material tavsifi

Parlament huquqi asosiy tushunchalar Reja: 1. «Parlament» tushunchasi. Parlamentni tavsiflovchi asosiy xususiyatlar. Parlamentning asosiy vazifalari. Parlament faoliyatining huquqiy asoslari. 2. Parlamentarizm tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari. Parlamentarizm nazariyasi va amaliyoti. Davlat tuzumi shakllari va parlamentarizm. Boshqaruv shakllari va parlamentarizm. 3. Parlament Respublikasi 1-§. «Parlament» tushunchasi. Parlamentni tavsiflovchi asosiy xususiyatlar. Parlamentning asosiy vazifalari. Parlament faoliyatining huquqiy asoslari. Parlament fransuzcha «Parler» so'zidan olingan bo'lib, «gapirmoq», «so'zlamoq» manolarini anglatadi. Parlament deganda qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tushuniladi. Davlat hokimiyatining oliy vakillik organini belgilashda parlament atamasi Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Kanada, Italiya, Moldova, Qozog'iston kabi davlatlarda ishlatiladi. Bazi mamlakatlarda esa «Majlis» «Kengash» «Assambleya» kabi atamalar keng qo'llaniladi. Bundan tashqari, davlatlar o'z tarixiy tajribasidan kelib chiqib parlamentlarni shunga muvofiq nomlaydilar, masalan, Latviya va Litvada qonunchilik organi «Seym» deb nomlansa, Turkiyada «Buyuk Millat Majlisi» deb ataladi. Amerika Qo'shma Shtatlarida va aksariyat Janubiy Amerika mamlakatlari parlamentlari «Kongress» deb nomlanadi. Zamonaviy parlament bu yuqori turuvchi organ bo'lib, xalq xohish-irodasini ifoda etadigan, qonun chiqarish yo'li bilan jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan, ijroiya hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar ustidan umumiy nazorat olib boradigan markaziy organ hisoblanadi. Bundan tashqari parlament boshqa davlat organlarining faoliyatini ham tashkil qiladi.Parlament vakolatlarining hajmiga qarab uning quyidagi uch xil turini belgilash mumkin: Cheklanmagan vakolatli parlament; Mutlaq cheklangan vakolatli parlament; Nisbatan cheklangan vakolatli parlament. Parlamentar boshqaruv shakliga ega bo'lgan aksariyat davlatlarda parlament vakolatlari cheklanmagan hisoblanadi. Bunga Buyuk Britaniya parlamenti klassik misol bo'lishi mumkin. Ingliz huquqshunos olimlarining takidlashicha, Parlamentning ustivorligi quyidagilarni nazarda tutadi: Qonun qabul qilish sohasidagi ustunlik. Qonun faqat parlament tomonidan qabul qilinishi mumkin, o'z navbatida qonun normativ huquqiy aktlar ierarxiyasida birinchi o'rinni egallaydi; Davlat byudjetini tasdiqlash va soliqlarni joriy qilish huquqi; Hukumatning parlament oldidagi javobgarligi; Sudyalarni o'z lavozimiga tasdiqlash huquqi; Parlament vakolatlariga o'xshash vakolatlarni amalga oshiruvchi raqobatchi hokimiyatning mavjud emasligi.1 Huquqshunos P. Bromxed mutlaq vakolatli parlament g'oyasini yoqlab chiqadi. Uning takidlashicha, qonun mazmuniga doir hech qanday cheklovlar, uni qabul qilishga hech qanday to'siqlar majud emas. 2 Parlamentni davlat hokimiyatning oliy vakillik va yakka qonunchilik organi sifatida belgilagan Yaponiya Konstitutsiyasida parlament vakolatlari aniq sanab ko'rsatilmaydi. Bu esa, o'z navbatida, Yaponiya Parlamenti cheklanmagan vakolatli parlament organi ekanligini tasdiqlaydi. Parlamentning qonunchilik sohasidagi vakolatlarining muayyan doiraga kiritilishi, uni mutlaq cheklangan vakolatli parlament sifatida etirof etish imkonin beradi. Fransiya Konstitutsiyasining 34, 35, 49-moddalari parlamentning qonunchilik yo'li bilan hal qilishi mumkin bo'lgan masalalar ro'yxatini belgilab beradi. Qolgan masalalar bilan asosan hukumat shug'ullanadi. Fransiya parlamenti o'z vakolati doirasidan chetga chiqib qonun qabul qiladigan bo'lsa, bu hujjat Konstitutsiyaviy Kengashning xulosasiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.19 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.19 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga