Parlament huquqi manbalari Reja: 1. Parlament huquqi manbai tushunchasi va turlari 2. Parlament huquqining asosiy va qo'shimcha manbalari 1. Parlament huquqi manbai tushunchasi va turlari Agarda manba terminini umumtarqalgan ahamiyatidan kelib chiqib o'rganadigan bo'lsak, unda huquq doirasida uni huquqni yaratuvchi kuch sifatida tushunish mumkin. Bunday kuchga avvalambor davlat hokimiyati ega bo'lib, u jamiyat talablariga va ijtimoiy munosabalarning rivojlanishiga etiborini qaratuvchi va tegishli huquqiy karorlarni qabul qiluvchi bo'lib yuzaga chiqadi. Huquqning ushbu manbalari bilan bir katorda davlatning huquqiy qarorlarini o'zida mujassamlashtiruvchi, uning irodasini ifoda etuvchi shakllarini ham tan olish darkor bo'ladi. Chunki huquq shakllari yordamida davlat o'zining ajralmas xarakteri va belgilarini egallaydi (umum- majburiylik, umumtaniqlilik va x.). Odatda nazariyada parlament huquqining ikkita manbai haqida to'xtaladi: normativ huquqiy akt; Normativ shartnoma huquqiy odat. Normativ huquqiy akt - bu vakolatli davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati akti bo'lib, uning asosida huquq normalari o'rnatiladi, o'zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Normativ huquqiy aktning quyidagi belgilarini ajratib ko'rsatish mumkin: normativ akt belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi; normativ akt davlat hokimiyatining xarakteriga ega; normativ akt davlatning majburlov kuchi orqali qo'riqlanadi; normativ akt yuridik kuchga ega bo'lib, real harakat qilish xususiyatiga, yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish qobiliyatiga ega; normativ akt hujjat sifatida rasmiylashtirib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega. Normativ shartnoma - bu ikki va undan ortiq tomonlarning o'zaro kelishuvi bo'lib, uning natijasida huquq normalari o'rnatiladi, o'zgartiriladi va bekor kilinadi. xalqaro shartnomalar konstitutsiyaviy munosabatlarni tartib-ga solishda ishtirok etadi. xalqaro munosabatlar xoh siyosiy, iqti-sodiy yoki madaniy bo'lsin, faqatgina xalqaro shartnomalar asosida-gina tartibga solinadi. xalqaro shartnomalar faqatgina yozma shakl-da tuziladi. xalqaro shartnomalarda davlatlar asosiy tomonlar hisoblanadi. xalqaro shartnomalar xorijiy davlatlar yoki xalqaro birlashmalarning o'zaro kelishuvi natijasida yozma ravishda tuziladi. xalqaro shartnomaning asosiy manbai xalqaro huquq hisoblanadi. xalqaro shartnomada o'zaro kelishuv asosida shartnoma tuzayot-gan davlatlarning asosiy huquq va majburiyatlari ko'rsatilgan. Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan halqa-ro huquq normalari mazmuniga ta'sir ko'rsatadi: biron-bir davlat o'zining g'oya va dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Shu bilan birga, milliy huquq xalqaro huquq-ning milliy huquqiy tizimga kirib kelishi huquqi darajasi va shartlarini bslgilaydi va bunda davlatlarning asosiy qonunlari bo'lmish konstitutsiyalari hal etuvchi ahamiyat kasb etadi. xalqaro huquqning bironta normasi Konstitutsiyani chetlab o'tgan holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas. xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish qoidalari turli mamlakatlarda turlichadir. Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun turishi va uning mamlakat ichkarisidagi bevosita ta'siri to'g'risida so'z boradi. Aslida bu ham xalqaro huquqning Konstitutsiya bo'yicha kirib kelishi huquqi to'g'risidagi qoidadir. Dunyoning aksariyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc