Parlament huquqi yuridik fan va huquqining mustaqil tarmog'i sifatida

Parlament huquqi yuridik fan va huquqining mustaqil tarmog'i sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Parlament huquqi yuridik fan va huquqining mustaqil tarmog'i sifatida - rasmi

Material tavsifi

Parlament huquqi yuridik fan va huquqining mustaqil tarmog'i sifatida Reja: 1 Parlament huquqi predmetining tushunchasi va xususiyati 2. Ijtimoiy fanlar tizimi va huquq tizimida parlament huquqining roli, ahamiyati va o'rni 3. Konstitutsiyaviy huquq va parlament huquqi 4. Parlament huquqi huquqiy tadqiqotlarning mustaqil yo'nalishi sifatida. O'zbekiston Respublikasining parlament huquqi - yangi maxsus o'quv yuridik fan 5. Parlament huquqi o'quv kursini o'qitishning maqsadlari va asosiy vazifalari. Parlament huquqi kursining tizimi. Yuristlarni tayyorlashda parlament huquqining ahamiyati 1. Parlament huquqi predmetining tushunchasi va xususiyati. Parlament huquqi huquqiy tartibga solish predmeti va metodining muayyan xususiyatiga ega. U tashkiliy, protsessual munosabatlarni tartibga soladi. Agarda konstitutsiyaviy huquqqa imperativ negizlarga asoslangan metodlar xos bo'lsa, parlament huquqiga-avvalambor muvofiqlashtirish va kelishuv negizlari xosdir. Parlament huquqi predmetiga bir qator olimlar ikkita shartli ravishda farqlanadigan ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadilar. Bu mohiyatli deb ataluvchi, yani, moddiy xarakterdagi munosabatlar bo'lib, ular orqali vakillik va qonunchilik organi bo'lgan parlamentning vazifasi va hokimiyat manbasi-xalq bilan aloqasi va shuningdek, bo'linadigan hokimiyatlar tizimida parlamentning o'rnini aniqlashi kerak bo'lgan munosabatlar aniqlanadi. Ikkinchi guruh munosabatlari tashkiliy, protsessual aspektlarni, parlament protseduralari, parlament jarayoni va x.k.larni o'z ichiga olgan. Parlament huquqi tushunchasi yuridik adabiyotda yaqinda paydo bo'ldi. Uni parlament faoliyatini va tashkil etilishini tartib qiluvchi bazi bir mamlakatlarda barqaror bazilarida endi shakllanayotgan huquqiy aktlar va me'yorlar majmuini olimlar tomonidan asoslashgan intilish deb tushunish mumkin. Bunda bir qator tadqiqotchilar tarmoq haqida emas, balki konstitutsion huquq tarmog'i doirasida parlament huquqi instituti haqida so'z yuritmoq lozim deb hisoblaydilar. Ko'zga ko'ringan Rossiyalik yurist akademik B.M.Tomorninning fikricha parlament huquqi shakllari ko'rinib qolgan konstitutsion huquqning shakllanayotgan tarmog'idir. Shu bilan birga mamakatimizda parlamentarizm masalalarining taniqli tadqiqotchisi yu.f.d E.H.Xalilov konstitutsion (davlat) huquqi tarkibidan o'ziga xos boshqari predmetiga ega bo'lgan mustaqil yuridik fan - O'zbekistonning parlament huquqini ajratib ko'rsatilishini taklif etmoqda. Parlament huquqi tushunchasi, uning predmeti qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi yuqori davlat vakillik organi, uning tashkil etilishi va faoliyatiga oid konstitutsiyaviy huquq normalarning bir qismini o'z ichiga oladi. Konstiuttsiyaviy huquq manbalari - tarkibiy qism hisoblangan parlament haqidagi bob (bo'lim)ni o'z ichiga oluvchi konstitutsiyaning o'zi; konstitutsiyaviy normalarini rivojlantiruvchi qonunchilik aktlari; parlament (ikki palatali parlament har bir palatasining) reglamenti hamda tashkiliy va tartib - taomil qoidalarini o'z ichiga oluvchi boshqa boshqa aktlar; parlamentarizm uzoq tarixga ega bo'lgan mamlakatlarda esa ayniqsa qadrlanadigan odatlar va an'analar muhim o'rin tutadi. Parlament huquqining umumiy-birinchi qismi davlat hokimiyatining yuqori organlari tizimida parlamentning o'rni va roli, uning vakolatlari, agarda parlament ikki palatali bo'lgan taqdirda vakolatlarning palatalar o'rtasida taqsimlanishi, parlamentning davlat boshlig'i va hukumat bilan munosabatlari, deputatlik mandatining huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.67 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.67 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga