Parlament ish tartibi va parlament a'zolarining huquqiy maqomi Reja: Sessiya tushunchasi, turlari (navbatdagi va navbatdan tashqari). Navbatdan tashqari va odatdagi majlislar. Ochiq yoki yopiq turdagi plenar majlislar. Mandat vakolatining yuridik tabiati: imperativ mandat (vakolat) va erkin mandat. 1789 yilgi Konstitutsiya bilan AQSHdagi zamonaviy davlat shshmiga asos solingan. Biroq Amerikada parlamentarizmning garixi XVII asrning oxirlaridan, ya'ni davlat qurilishi an'analari Buyuk Britaniya ta'sirida shakllangan paytlardan boshlangan. Parlamentning shakllanish tartibi; Qo'shma shtatlarning oliy vakillik va qonunchilik organi Kongress hisoblanadi. AQSHdagi davlat hokimiyatining shakllanish asosi hokimiyatlarning bo'linish prinsipida qurilgan, unga ko'ra qonunchilik hokimiyati Kongressga, ijro hokimiyati - Prezidentga, sud hokimiyati esa - Oliy va qo'yi federal sudlarga tegishli. Konstitutsiya bo'yicha hokimiyatning uchala tarmog'i turli xil tarzda shakllanadi. Kongress bevosita aholi tomonidan, Prezident - saylovchilar kollegiyasi tomonidan, Oliy sud - Prezident va Senat hamkorligida saylanadi. Vakillar ikki, Senatorlar- olti, Prezident - to'rt yilga saylanadi, federal sud'yalar umrbod o'z mansabida bo'ladilar. Konstitutsiya mantig'i ouyicha ushbu hokimiyatning bunday shakllanish tartibi uchala trmoqning har biriga mustaqil maqom berishi hamda aniq va qatiy chegaralarda faoliyat yuritish vakolatini tasdiqlashi kerak edi. Biroq taraqqiyot boshqa yo'ldan ketib qoldi, chunki Konstitutsiyaning o'ziga hokimiyat bo'linishining an'anaviy sxemasini o'zgartirish me'yorlari kiritilgan edi. Keyinchalik me'yorlarga yangicha mazmun berilib, natijada «asoschi-otalar» o'ylagan model o'zgarib ketdi. Bu hokimiyatning uchta tarmog'i faoliyatiga ham, ularning o'zaro munosabatlari shakllariga ham taallukli. Biroq hozir hokimiyatning qandaydir mutlaq bo'linishi yeki ular vakolatlarining ajratilganligi haqida gapirish mumkin emas. 1787 yili AQSH Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan amerika federatsiyasining tarkibiy-funksional xarakteristikasida ko'p narsalar o'zgardi. Dastlab AQSH tarkibiga 13 Shtat kirardi. Hozir ularning soni 50 taga yetdi. Federativ munosabatlarning real mexanizmi ham o'zgardi. Hozir u AQSH Konstiutsiyasining ikki asr oldingi mualliflarining modeli bilan kam umumiylikka ega. Konstitutsiya modelining asosida dualistik federalizm prinsipi yotadi. Rasman Konstitutsiya mantig'iga asoslanilsa, federal va shtatlarning organlari mustaqildir. AQSH Prezidenti va Kongressi saylangan vaqtdan boshlab Shtatlar bo'yicha o'tkazilgan saylovlar asosida shakllanadigan institutlar - federal va shtatlar o'rtasidagi aloqalar O'z iladi. Hokimiyatning har bir pog'onasi Konstitutsiyada belgilangan chegarada suveren huquqqa ega. «Asoschi-otalar» federalizmni xuddi shunday fikrlaganlar. Lekin federatsiyaning real mexanizmi uning birinchi asosidan ancha yiroq. Hayot federatsiya va shtatni yagona yaxlitlikka olib kelish uchun minglab rishtalar bilan o'rab-chirmab tashlagan. Ittifoq va shtatlarni boshqarish predmeti rasman yetarlicha qattiq chegaralab qo'yilgan. Konstitutsiyadagi Kongress vakolatlariga tegishli savollar ro'yxati Ittifoq va shtatlarni ajratib turadigan devor bo'lib xizmat qiladi. Ro'yxatga Konstitutsiya mualliflari qo'yidagilarni ham kiritganlar: shtatlararo va tashqi savdoni boshqarish, pul zarb etish va uning qiymatini aniqlash, toshni belgilash, hokimiyatning federal organlarini ta'sis etish, armiya va harbiy-dengiz flotini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.18 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
73.18 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc