Parlamentarizm institutining jamiyat siyosiy tizimi rivojidagi roli Reja: Parlamentarizm tushunchasi. Parlament tushunchasi, turlari va uning funksiyalari. O'zbekiston parlamentarizmining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Tushuncha va tayanch iboralar: parlamentarizm, parlament, qonunchilik instituti, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, davlat mexanizmi, davlat apparati, yunikameral, bikameral. Parlamentlar - erkinlikning haqiqiy qo'riiqchilari va ular yuzaga kelishining asosiy boisi ham aynan shundadir (Lord Bolingbrok). Parlamentarizm- davlat tuzilmalari tizimi sifatida namoyon bo'lib, unda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning funksiyalari parlamentning imtiyozli pozitsiyasi bilan aniq chegaralangan bo'ladi. Parlament fransuzcha ragleg so'zidan kelib chiqqan bo'lib, so'zma-so'z o'girganda gapirmoq, gapiriladigan joy degan manolarni anglatadi. Ushbu atama vakillik organini ifodalovchi tushuncha sifatida dastavval Angliyada qo'llanilgan. Insoniyat tarixida ingliz parlamentidan ancha oldinroq shakllangan va parlament deya nomlanmagan bo'lsa-da u yoki bu manoda vakillik organi vazifasini bajargan idoralar ham mavjud bo'lgan. Bular qatoriga Qadimgi Yunonistonda hukmdorlik qilgan Solon davridagi bule - to'rt yuzlar kengashi va Klisfen vaqtidagi besh yuzlar kengashini, shuningdek Qadimgi Rimdagi xalq majlislari, senat va magistraturalarni kiritishimiz mumkin. Davlat hokimiyati tizimida parlamentning tutgan o'rni va rolini anglashda muhim ahamiyatga ega ikki tushuncha yani, hokimiyatning bo'linishi prinsipi va parlamentarizmning mohiyatini yoritish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, davlat hokimiyatining tizimi tso'p jihatdan uning qanday asoslarda amalga oshirilishi bilan bevosita bog'likdir. Malumki, davlat hokimiyati davlat mexanizmi orqali amal qiladi. Qayd etish kerakki, yuridik adabiyotlarda davlat mexanizmi va apparati tushunchalari bazan farqlanadi va bazan aynanlashtiriladi. Yuridik adabiyotlarda davlat mexanizmi va apparati tushunchalarini o'zaro farqlash yoki aynanlashtirishni tanqid qilishga qaratilgan fikrlar qam bildirilmoqda. Xususan, E.P.Grigonis apparat va mexanizm tushunchalarining lug'aviy manosidan kelib chiqib, quyidagicha xulosaga keladi: davlat mexanizmi va davlat apparati turli tekislikda bo'lib, ulardan biri davlat organlari tizimini ifodalasa, ikkinchisi ushbu tizimning harakatini anglatadi. E.P.Grigonis davlat mexanizmini davlat organlarining faoliyati, harakati deya tavsiflaydi. Ushbu qarashlar tahlili davlat mexanizmi va apparati tushunchasi borasida muayyan fikr bildirish imkonini beradi. Biz davlat mexanizmini davlat apparatiga nisbatan keng tushuncha deb hisoblaymiz. Fikrimizcha, davlat apparati - bu davlat organlari tizimi bo'lsa, davlat mexanizmi qonunda belgilangan tartibda davlat funksiyalarini amalga oshiradigan organlar, muassasa, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tizimi hamda ushbu tizimning harakati, faoliyatidir. Demokratik davlatlarda davlat mexanizmi hokimiyatning bo'linishi prinsipi asosida quriladi. Bu prinsipga ko'ra, davlat hokimiyati bir-biridan mustaqil bo'lmish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'lingan holda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, hokimiyatning birdan-bir manbai suveren xalq ekanligidan kelib chiqib, davlat hokimiyatining birligi ham etirof etiladi. Mazkur prinsipning mazmuni va mohiyatini quyidagicha ifodalashimiz mumkin: birinchidan, - davlat hokimiyati bir-biridan mustaqil bo'lgan qonun chiqaruvchi (bir yoki ikki palatali ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:12:35
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.91 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:12 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.91 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: docx