Parlamentlik Respublikasi

Parlamentlik Respublikasi

O'quvchilarga / Huquq
Parlamentlik Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Parlamentlik Respublikasi Reja: Davlatning boshqaruv shakli tushunchasi va uning turlari Parlamentlik Respublikasining o'ziga xos xususiyatlari O'zbekistonda davlat boshqaruvini shakllantirishda parlament islohotlari Parlamentlik Respublikasi Mustaqillikni qo'lga kiritgan O'zbekiston oldida ijtimoiy hayotning turli jabhalarida o'ta murakkab muammolar ko'ndalang bo'lib turar edi. Siyosiy sohada demokratik institutlarni shakllantirish va ularning to'laqonli ishlab ketishini ta'minlash, iqtisodiy sohada esa, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimni shakllantirish, ijtimoiy sohada - kuchli ijtimoiy himoyani ta'minlash kabi vazifalar turar edi. Shu bois ham, mustaqillikka erishganimizdan so'ng, darhol keng islohotlar jarayoni boshlanib ketdi. Hozirgi kunda bu islohotlar katta natijalarga erishmoqda. Ayniqsa davlat va huquq sohasidagi islohotlar ko'lami juda keng va juda salmoqlidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar silsilasida davlat -huquqiy islohotlar alohida o'rin tutadi. Mustaqillikka erishgach, davlat hokimiyati tizimi tubdan yangilanib, demokratik tamoyil - hokimiyatlar bo'linishiga asoslana boshladi. Yagona davlat hokimiyatining teng tarmoqlari hisoblangan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari huquqiy davlat qurish vazifasiga xizmat qiladigan hokimiyat tarmoqlariga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan, biz qanday davlat qurmoqdamiz va bu davlatning mazmuni va mohiyati qanday bo'ladi, bu davlatning ma'naviy va nazariy ildizlari qanaqa degan savol beixtiyor ko'ndalang bo'ladi. Adolatli, insonparvar davlat va halqparvar rahbar haqidagi g'oyalar halqimiz uchun benihoya yaqin va qadrlidir. Zero, bizning ulug' ajdodlarimiz Turon hududida ilk davlatlar paydo bulibdiki, adolatli tuzum va odil hukmdor hamda halqparvar davlat haqida orzu qilib kelishgan. Davlatimizning boshqaruv shaklini tashkil etilishida milliy davlatchiligimizni boy an'analari bilan bir qatorda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi erishgan tajribasi asosida ham qurilmoqda. Shu jihatdan olganda davlat va huquq nazariyasi fanining muhim kategoriyalaridan biri davlat boshqaruv shakli, xususan parlamentar Respublikaning turli xususiyatlarini o'rganish va tahlil qilish mamlakatimizda parlamentarizmni shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan men, kurs ishi mavzusi sifatida Parlamentlik Respublikasi mavzusini tanladim. Mazkur mavzuni chuqur o'rganish, tahlil etish O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv shakli va uning rivojlanish xususiyatlarini to'g'ri anglab olishga, uning xususiyatlarini teran tushunishga yordam beradi. Davlatning boshqaruv shakli tushunchasi va uning turlari Davlatning mohiyatini nazariy jihatdan tushunib yetishda boshqaruv shakli kategoriyasini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl belgilab beradi. Arastuning o'zi, undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarishning xilma-xil shakllarini o'rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya'ni boshqaruv shakli mezoni bo'yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga urinishgan. To'la asos bilan aytish mumkinki, ko'p asrlar davomida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur ko'plab, ba'zan bir-biriga sira o'xshamaydigan davlatlarni zo'r berib o'rganishni davom ettirib keldi. Olimlar o'z izlanishlarida davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.84 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 88.84 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga