Parlamentni shakllantirishning asosiy prinsiplari va tartibi

Parlamentni shakllantirishning asosiy prinsiplari va tartibi

O'quvchilarga / Huquq
Parlamentni shakllantirishning asosiy prinsiplari va tartibi - rasmi

Material tavsifi

Parlamentni shakllantirishning asosiy prinsiplari va tartibi Reja: 1. xalqaro huquqning umum etirof etilgan prinsiplari va normalari hamda parlamentni shakllantirish 2. Saylov tushunchasi va uning ijtimoiy vazifasi 3. Saylov tizimlari: majoritar, proportsional, aralash 4. Saylovni tashkil etish va uni o'tkazish tartibi 5. Saylovlarning davriyligi, aktiv va passiv saylov huquqi 1-§.xalqaro huquqning umum etirof etilgan prinsiplari va normalari hamda parlamentni shakllantirish Demokratik va huquqiy davlat sharoitlaridagina parlament faoliyatining asosiy prinsiplari real samara beradi. Shuning uchun ham parlament faoliyatining asosiy prinsiplari ko'p jihatdan demokratik va huquqiy davlat umumiy prinsiplaridan kelib chiqadi.Qonunchilik palatasini tashkil etish va uning faoliyati zamirida quyidagi asosiy prinsiplar yotadi: 1. Xalqning manfaatlari va xohish-irodasini ifoda etish prinsipi. Parlament - umumdavlat vakillik organi. Parlamentning vakillik xususiyati, avvalambor, parlament hokimiyatini, uning vakolatlarini qonuniylashtirishi, shuningdek parlamentda jamiyatning asosiy ijtimoiy-siyosiy kuchlari, aholining turli ijtimoiy tabaqalari vakilligini kafolatlashi lozim bo'lgan saylov bilan ta'minlanadi. Har qanday davlat organi, birinchi navbatda parlament faoliyatining zamirida xalqning xohish-irodasi yotishi lozim. Xalqning xohish-irodasi vaqti-vaqti bilan bo'ladigan va soxtalashtirilmagan saylovda o'z ifodasini topadi. Mazkur saylov, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi (1948 yil)ga muvofiq, yalpi va teng saylov huquqiga ko'ra, yashirin ovoz berish yo'li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta'minlaydigan boshqa tengma-teng shakllar vositasida o'tkazilishi kerak» (21-modda, 3-qism). Bunda saylovni xalq suverenitetining parlamentga o'tkazilishi deb idrok etmaslik lozim. «Birorta ham organ, xoh parlament bo'lsin, xoh xalq tomonidan saylangan prezident, xalq suverenitetining tashuvchisi deb hisoblanishi mumkin emas. U faqat o'zi saylangan muddat mobaynida o'z konstitutsiyaviy vakolatini amalga oshirishga vakil qilingan, xolos», degan fikrga qo'shilish lozim. Muayyan (majoritar, proportsional, aralash) saylov tizimini tanlash parlamentning vakillik xususiyatini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tanlash juda ko'p (tarixiy, milliy, siyosiy va boshqa) omillardan kelib chiqib amalga oshirilishi va jamiyatning asosiy ijtimoiy tabaqa va guruhlari manfaatlarini ifoda etuvchi parlamentning vakillik xususiyatini ta'minlashga ko'maklashishi lozim. Ilg'or demokratiyalarda bunga, avvalambor, parlament saylovining asosiy subyektlari - siyosiy partiyalar yordamida erishiladi. Siyosiy partiyalar jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning jamoatchilik fikrini shakllantiradilar va ifoda etadilar. Siyosiy partiyalar - zamonaviy demokratiya tizimining ajralmas qismi, saylov kompaniyalarining asosiy ishtirokchilaridan biri. Eski demokratik an'analarga ega mamlakatlarda siyosiy partiyalar jamoatchilik fikri, xalqning siyosiy irodasini demokratik shakllantirish va uni saylovda ifoda etish jarayonida yetakchi marralarni egallaydilar. Ko'p partiyali barqaror tizim jamiyat va davlatni rivojlantirishning o'ta muhim masalalariga doir muqobillar, ortiqcha qarashlar, fikr-mulohazalarni qisqartirish, saylovchilarga mazkur masalalarni hal qilishga nisbatan bir nechta asosiy yondashuvlarni taklif qilish va shu tariqa muayyan siyosiy partiya, uning nomzodlari va ularning dasturlariga o'z ovozlarini berayotgan saylovchilar eng samarali siyosiy qarorlar qabul qilishlariga ko'maklashish imkonini beradi. Shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.28 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.28 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga