Parlamentning siyosiy tizimdagi o'rni va roli

Parlamentning siyosiy tizimdagi o'rni va roli

O'quvchilarga / Huquq
Parlamentning siyosiy tizimdagi o'rni va roli - rasmi

Material tavsifi

Parlamentning siyosiy tizimdagi o'rni va roli Company name Reja: Parlament: genezisi, mohiyati va rivojlanishi. Mamlakatda ikki palatali parlamentni shakllantirish Parlament: genezisi, mohiyati va rivojlanishi. O'zbekiston tarixiy rivojlanish tajribasi va davlat mustaqilligiga erishishi jamiyat va davlat boshqaruvining mukammal institutlarini yaratdi. Jamiyatni boshqarish asrlar o'tishi bilan inson huquqlari va qadr-qimmatini saqlashga xizmat qilishi bilan takomillashib bordi. Bu sohadagi kashfiyotlardan biri hokimiyatlarning o'zaro taqsimlanishi bo'ldi. Ma'lumki, huquqiy davlatga o'tish va uning barqarorligining kafolatlaridan biri ham hokimiyatlar taqsimlanishi printsipidir. Mustaqillikning davrida o'tgan yillar davomida O'zbekistonda zamonaviy parlament bosqichma-bosqich shakllandi. Oliy Majlis jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar irodalarini ifodalash va ular manfaatlarini ro'yobga chiqarishning haqiqiy institutiga aylandi. Buning asosiy sababi shundaki, mamlakat hukumati va parlamenti hamjihatlikda ilg'or horijiy tajribalarni, shuningdek, milliy an'analarni o'rganish asosida yildan-yilga parlamentchilik islohotlarini izchillik bilan amalga oshirib bordilar. O'z mamlakatlarida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etgan davlatlar tajribasi sinchkovlik va qunt bilan o'rganildi. SHuningdek, parlamentning kelib chiqish sabablari, unga bo'lgan dastlabki zaruriyatlar, parlamentning siyosiy tizimdagi o'rni chuqur o'rganildi. Shu bilan birga bu sohadagi islohotlar izchillik bilan davom etmoqda. Mamlakatda qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlari mustaqilligini ta'minlash, ularning o'zaro muvozanatlashishi asosida jamiyat barqarorligining doimiyligiga erishish islohotlarning muhim va dolzarb yo'nalishiga aylandi. Mamlakatda ikki palatali parlamentni shakllantirish Mamlakatda ikki palatali parlamentni shakllantirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, hozirgi davrda ham parlament bilan bog'liq xorijiy tajribalarni yanada chuqurroq dolzarblik kasb etmoqda. Islohotlarning hozirgi bosqichida ilk parlamentlarning paydo bo'lish zaruriyatiga bo'lgan qiziqishlar yanada ortdi. Ikki palatali parlamentlarning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati va o'rnini anglab etish uchun parlamentlarning kelib chiqish sabablarini o'rganish, zamonaviy parlamentarizmning taraqqiyotini tadqiq etish zaruriyati tug'iladi. Aslida, parlament so'zi o'zagi frantsuzcha «parler»dan kelib chiqqan bo'lib, u «so'zlamoq» yoki «gapirmoq» ma'nosini anglatadi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, parlament o'zining tarixiy ko'rinishlarida, asosan, fikr ifodalash va shu bilan davlat siyosatiga u yoki bu ko'rinishda ta'sir o'tkazish joyi bo'lib kelgan. Ammo bugungi kunga kelib, zamonaviy тparlamentlar davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy vakillik organi, siyosiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi, mustaqil siyosiy institute sifatida shakllandi. Zamonaviy parlamentlar vazifasidan kelib chiqib, ularning ahamiyati xususida xulosa chiqarish mumkin: Birinchidan, parlamentning qonunchilik vazifasi shaxsni, jamiyatni, davlatni huquqiy jihatdan ta'minlash imkonini beradi. Zero qonunlar huquqning asosiy manbai bo'lib, unga rioya etish har bir fuqaroning, davlat organlarining, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va demokratik institutlarning ijtimoiy majburiyatidir. Ikkinchidan, parlament davlat hokimiyati institutlari tizimida saylab qo'yiladigan asosiy vakillik organi sanaladi. Bu esa uning fuqarolar uchun ochiq va demokratik tabiatini belgilab beradi. Uchinchidan, parlament o'zining ta'siri, vakolatlari nuqtai nazaridan hokimiyat shahobchalari ichida muhim ahamiyat kasb etadi. Turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga